Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA yil laureatlariga atalgan The Best sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi
FIFA 2023 yilning eng yaxshi o‘yinchisi, murabbiyi va darvozaboniga topshiriladigan The Best sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
FIFAning yil o‘yinchisi sovrini uchun 12 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda.
Ro‘yxatdan Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Xvicha Kvaratsxeliya («Napoli»), Erling Holand («Manchester Siti»), Xulian Alvares («Manchester Siti»), Ilkay Gundo‘g‘an («Barselona»), Rodri («Manchester Siti»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Viktor Osimhen («Napoli»), Kilian Mbappe («PSJ»), Deklan Rays («Vest Hem»/»Arsenal»), Marselo Brozovich («Inter», «An-Nasr») singari o‘yinchilar joy olgan.

Qayd etish joiz, nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda futbolchilarning 2022 yil 19 dekabr kunidan 2023 yilning 20 avgust kuniga qadar natijalari inobatga olingan. Ya’ni, g‘olibni aniqlashda JCh-2022dagi natijalar hisobga olinmaydi. Ma’lumot uchun, The Best sovrinining amaldagi sohibi Lionel Messi sanaladi.
FIFA yilning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan The Best sovrini uchun esa yakuniy beshlikdan Yassin Bunu (Marokash, «Sevilya» / «Al-Hilol»), Tibo Kurtua (Belgiya, «Real»), Ederson (Braziliya, «Manchester Siti»), Andre Onana (Kamerun, «Inter» / «Manchester Yunayted») va Mark-Andre ter Stegen (Germaniya, «Barselona») singari golkiperlar o‘rin oldi.

FIFA yilning eng yaxshi murabbiyiga atalgan The Best sovrini uchun ham nomzodlarni ma’lum qildi.

2023 yilda sovrin uchun Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Simone Indzagi («Inter»), Endj Postekoglu («Seltik» / «Tottenhem»), Luchano Spalletti («Napoli») va Xavi («Barselona») da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, FIFA rasmiy saytida The Best sovrini uchun da’vogarlarga muxlislar bugundan ovoz berishlari mumkin.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026