Suv tanqisligi, qurğoqçilik şaroitlarida dehqonçilik bilan şuğullanib bölmaydi. An’anaviy dehqonçilik bu masalani yeçişga yordam bermaydi. Aytaylik, aprel oxiri mayning boşida çigit ekildi, iqlim va harorat optimal, qulay bölgan şaroitda iyunga borib ekinning birinçi suvi beriladi. Bu örtaça 30-40 kun ğöza suv içmay, suğorilmay turadi degani. Suv içmasligi esa oziqlanmaganini anglatadi. Biz mana şu jihatga e’tibor bermaymiz.
Natijada esa ğözaning bargida zamburuğlar köpayadi. Ular kasallik çiqaradigan zamburuğ hisoblanadi. Keyin ildizni çirituvçi zamburuğlar ham bor – bularning hammasi zamburuğ tabiatli kasalliklar sanaladi.
Bu turdagi zamburuğlar ozuqa ololmagaç, [ösişga] quvvati yetmagan ösimlikka xuruji ortib, uni nobud qiladi. Oqibatda köp dehqon, fermerlar çigitni qayta ekişga majbur böladi. Qayta ekkanidan keyin, bu – birinçidan, iqtisodiy zarar, ikkinçidan – hosildorlikka salbiy ta’sir körsatadi.
Baxtiyor Rasulov,
biolog
- Töliq intervyuni şu yerda tomoşa qilişingiz mumkin.













