“Surxondaryo ekişga tayyor, boşqa hududlarda harorat hali past” – iqlimşunos Erkin Abdulahatov Kun.uz studiyasida ob-havo bilan boğliq joriy vaziyatni tahlil qildi va Özbekistonning qaysi hududlari çigit ekişga tayyor ekani borasida ma’lumotlar bilan bölişdi.

  • Kunlar isidi, bodomlar ham gullab ketdi. Dehqonçilikni boşlasak böladimi?
  • Töğri, hozir ikkinçi ön kunligida, mart oyining ikkinçi ön kunligi juda issiq harorat fonida boşlandi. Lekin şunda ham şamol hozir ança sovuq, toğ etaklarida va toğli hududlarda ham keçqurunlar nol darajadan past harorat kutilyapti. Ammo asosiy mintaqalarda, ekin ekiladigan hududlarimizda harorat yuqori, yigirma darajaga yaqinlaşyapti. Şunga qaramay, juda köp hududlarimizda yer hali çigit ekiş uçun tayyor emas. Janubiy viloyatlarimizda ön törtinçi mart holatiga, masalan, Termiz, Şerobod, Şörçi va köplab boşqa joylarimizda tuproqning ön santimetr çuqurlikdagi harorati ön tört darajaga yaqinlaşgan yoki undan yuqori. Bu degani Surxondaryo uçun yer ança tayyor.

Şamolga surilganingiz sayin harorat pasayib ketadi. Nukus, ya’ni Qoraqalpoğiston Respublikasida 5 daraja, bu yer tayyor emas degani, yoki Jizzax viloyatida ham past, 6, 7, 8 daraja kuzatilyapti. Buxoro viloyati hududlarida harorat ozgina yuqoriladi, 10 daraja, lekin bu ham çigit ekiş uçun yetarli emas. Vodiy viloyatlari qurğoqçilik yuz bergani uçun tuproq harorati yuqori kuzatilyapti. Şuning uçun ham Vodiyda daraxtlar ham gullab yubordi. Qiş iliq kelgani, tuproq tagida namlik kam bölgani uçun tuproq harakati va namligi ta’sir qiladi.

Surxondaryo viloyatida tuproq namligi hozir taxminan 90 foiz. 5, 10 santimetr çuqurlikdagi namlik biroz yuqoriroq, ya’ni hozir biz 80 foizga yaqinroq natijani köramiz. Şimol hududlarida, masalan, Xorazmda, namlik qariyb 80 foizdan pastroq va respublikaning boşqa hududlarida ham namgarçilik yuqori emas. Vodiy viloyatlarida tuproq namligi kamroq, çunki quruq qişda yoğingarçilik juda kam kuzatildi. Şuning uçun kelayotgan 5-6 kunlik davrda yuqori harorat kutilmoqda.

Ğarbiy hududlardan issiq havo oqimlari kirib kelayotgani sababli 12 mart holatiga Turkiya va Yevropaning ğarbiy qismi, Rossiyaning şarqiy qismi, Moldova, Ukraina hamda boşqa mamlakatlarda öttiz darajali issiqlik kuzatildi, şu jumladan Turkiyada ham bu rekord darajada. Tungi haroratlar ham xuddi yoz kabi bölib bormoqda, ayniqsa Krasnodar hududlarida.

Mana şunday issiqlik bizga, Özbekistonga, 17-18 mart kunlarida kirib keladi. 18-19 mart kunlari hattoki Xorazm va Qoraqalpoğiston Respublikasida kunduzgi harorat öttiz darajaga kötarilişi mumkin. Bu juda ham yuqori hisoblanadi mart oyining ikkinçi ön kunligi uçun va bu yuqori haroratlar ketidan, albatta, bahor oylarida sovuq havo oqimining kirib kelişiga moyillik mavjud.