Mikrobiolog olim Baxtiyor Abduğafur özining Facebook sahifasida Özbekistonda dehqonçilik va çorva yetiştiriş bilan boğliq vaziyat yomonlaşib borayotgani haqida yozdi.
«Işim sabab köp viloyatlarga boraman. Sohamga oid vaziyatlarni tahlil qilişga harakat qilaman. Uşbu postdagi fikrlarim öta şaxsiy.
Dehqonçilik bilan şuğullanayotganlar kamayib bormoqda.
Birinçidan, ikkinçi ekin yetiştirişdagi suv muammosi bölsa, ikkinçidan, narxlarning arzonligi va xarajatlarning qoplanmasligi. Xalq uçun dehqonçilikning iqtisodiy jozibasi – manfaati kamaydi. Bozorlarimizda ayrim sabzavotlarning xorijdan keltirilayotgani şu bilan izohlanadi. Sababi, ayni vaqtda aksariyat sabzavot mahsulotlari xalq tomonidan yetiştiriladi.
Aytaylik, bozorda bir kilo sabzining narxi qança? Nega narxi kötarilganiga heç qiziqib kördingizmi? 2-3 yil oldin suv tekin bölgani, hatto uydagi mol-qöylarga berilgani esingizdadir.
Bu öta xavotirli jihatdir. Şu ketiş bölsa, oddiy kundalik ehtiyoj mahsulotlariga bölgan talab ham import hisobiga qondirilişi ehtimol. Yaqin kelajakda asta oşib boradigan bunday talab iqtisodga katta yuklama beradi.
Ikkinçi xavotirli jihat – çorva! Yildan yilga çorva miqdor jihatdan kamayişni boşlagan. Birinçidan, yaylovlar sifati tuşib, qisqarayotgani, ikkinçidan, kasalliklar keng hududlarga tarqalayotgani.
Hozirgi holatda yaylovlarni rivojlantiriş emas, balki borini saqlab qoliş öta dolzarb vazifadir. Ayniqsa, ösimlik turlari, populyatsiyalari va areallarini saqlaş muhim tadbirga aylanişi vaziyat taqozosi. Yaqin-yaqingaça yovvoyi – öz holiça yaşab köpayadigan ösimliklar haqida qayğurişni xayolimga ham keltirmasdim. Qarangki, vaziyat jiddiylaşib, tasavvurlarni özgartirişni talab etmoqda. Masalan, yantoq! Şu beozor ösimlik ham qirilişga tuşgan, endi uning uruğçiligi haqida boş qotiriş kerakka öxşaydi.
Har qanday rasmiy bayonotlar berilgani bilan haqiqiy ahvolni bozor – iqtisod körsatib beradi. Bugun bir kilo göştning narxi qança? Eslab oldingiz-a?
Bu masalalarning yeçimlari bor. Biz neça yillardan beri ilmiy asoslarini yaratiş bilan şuğullanamiz. Olimlar, mutaxassislar bilan doimiy muloqotni yölga qöyiş lozim. Bizga beş yillik, ön yillik... yigirma beş yillik... rejalar kerak! Iqlim jiddiy sur’atlarda özgaryapti. Yomğirlarning tortilgani, haroratning yuqoriligi dengizdan tomçi. Yomon tomonlarini – yomon ssenariylarni yozmadim. Iş ungaça bormasligini Xudodan sörab qolaman. Birinçi jumlani qayta yozib qöyaman: bu şaxsiy fikrim», deya ta’kidlagan Baxtiyor Abduğafur.













