Qişloq xöjaligi vaziri maslahatçisi Nuriddin Qöşnazarov Xitoy Xalq Respublikasining Anxoy provinsiyasida joylaşgan «Anxoy qişloq xöjaligi universiteti» direktori Sao Xaytsyun bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, zamonaviy ilmiy va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Sao Xaytsyun Toşkent davlat agrar universiteti bilan yölga qöyilgan hamkorlikni yuksak baholadi. U ikki oliygoh örtasida olib borilayotgan qöşma ilmiy tadqiqotlar va talabalar almaşinuvi dasturlari sönggi yillarda sezilarli natijalar berganini qayd etdi.

Şuningdek, u Özbekistonning agrar ta’lim sohasida erişayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etdi va Toşkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy tabriklarini izhor qildi.

Uçraşuvda tomonlar qişloq xöjaligi ta’limi, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş, «aqlli qişloq xöjaligi»ni rivojlantiriş, çoy yetiştiriş va qayta işlaş, tuproq unumdorligini tiklaş, suvni tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hamda biologik seleksiya yönalişida hamkorlikni kengaytiriş böyiça fikr almaşdilar.

Uçraşuv yakunida hamkorlikni yanada kengaytiriş, professor-öqituvçilar va talabalarning özaro almaşinuvini kuçaytiriş, şuningdek, Xitoyning ilğor agrar texnologiyalarini Özbekiston agrar ta’lim tizimiga tatbiq etiş böyiça kelişuvga erişildi.