Narx şakllanişining bozor mexanizmlari yöqligi sababli davlat energetika sohasini subsidiyalaşga majbur bölyapti, lekin sohani doimiy subsidiyalagan holda rivojlantirib bölmaydi, deya bayonot berdi Özbekiston Energetika vazirligi.
Vazirlikka köra, 1 kWh elektr energiyasining tannarxi 970 söm, 1 kub metr gaz tannarxi esa 1890 sömni taşkil etadi.
Taqqoslaş uçun, amaldagi tariflarda xonadonlarga 1 kWh elektr 295 sömdan, 1 kub metr tabiiy gaz 380 sömdan yetkazib berilyapti. 1 oktyabrdan boşlab aksariyat tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan 1 kWh elektr uçun 900 söm, 1 kub metr tabiiy gaz uçun 1500 sömlik tarif amal qila boşlaydi.
“Demak, bir oyda örtaça 200 kWh elektr energiyasi iste’mol qilinganda ham, davlat amalda har bitta iste’molçi uçun 135 ming sömdan subsidiya bermoqda. Mamlakatdagi iste’molçilar soni esa 7,4 million xonadonni taşkil etadi.
Xuddi şunday, 1 kub metr gaz tannarxi 1 890 söm bölsa, isitiş mavsumida 750 kub metr gaz yoqadigan bitta oila örtaça 1 million 132 ming söm subsidiya olmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi gaz iste’molçilarining jami soni 4,1 million xonadonni taşkil qiladi.
Bu degani bugun aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uçun örtaça 14 trillion sömdan ortiq subsidiyalar ajratilmoqda.
Bu bir yilda örtaça 1,15 milliard AQŞ dollari aholining energetik ehtiyojini subsidiyalaş uçun sarflanyapti, deganidir”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Qayd etiş kerak, 2022 yil may oyida berilgan rasmiy ma’lumotda 1 kWh elektr energiyasining tannarxi 800 söm, 1 kub metr tabiiy gazning tannarxi 1400 söm ekani keltirilgan edi. Yuqoridagi ma’lumotlardan körinadiki, bir yildan biroz köproq vaqt içida elektr energiyasi tannarxi 21 foizga, tabiiy gaz tannarxi 35 foizga oşgan.












