2023 yilning birinçi yarim yilligida Özbekiston Respublikasining konsolidatsiyalaşgan budjeti daromadlari 153,8 trln sömni, xarajatlari 180,8 trln sömni taşkil etdi.
Konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligi 26,9 trln sömni yoki yalpi içki mahsulotga (470 trillion söm) nisbatan 5,7 foizga teng böldi.
Bu – Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2023 yil birinçi yarim yillik ijrosi yuzasidan hisobotda keltirib ötilgan. Ma’lumot uçun, joriy yilgi budjet qonunida konsolidatsiyalaşgan yillik defitsit körsatkiçi 3 foizdan oşmasligi zarurligi körsatilgan.
IMV hisobotiga köra, mamlakatda tabiiy gaz qazib çiqariş hajmi 23,6 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga kamaygan bölişiga qaramay, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida gaz importi hajmi 2,6 mlrd kub metrni (2022 yilda 364 mln kub metr) taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 barobarga oşgan.
Tabiiy gaz importiga doir bu ma’lumot Statistika agentligining rasmiy raqamlarini rad etadi. Agentlikka köra, 2023 yilning 1-yarmida Özbekiston 200 mln dollarlik gaz import qilgan va bu ötgan yilning tegişli davriga nisbatan 2,6 barobarga köp bölgan. Statistika agentligi import hajmini narx qiymatida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi esa fizik hajmda körsatgan bölsa-da, ular orasidagi bir neça barobarlik nomuvofiqlik yaqqol közga taşlanadi.
Eslatib ötamiz, respublika böylab yanvar oyida anomal sovuq ob-havo kuzatilgan, hukumat buning oqibatlarini yumşatiş uçun şoşilinç tabiiy gaz importi böyiça çoralar körişiga töğri kelgandi. Budjet taqçilligining keskin oşişi gaz importi köpayişi bilan boğliq ekanini avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov aytib ötgan edi.
Ma’lum bölişiça, konsolidatsiyalaşgan budjetdagi 26,9 trln sömlik taqçillik quyidagi manbalar hisobidan moliyalaştirilgan:
- davlat qarz mablağlarini jalb qiliş hisobidan 6,7 trln söm










