Iqtisodiyot | 19:48 / 21.09.2023
23491
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tijorat banklari Rossiyadagi valuta savdolarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi 

Bu haqdagi Rossiya hukumati qarori milliy valutalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya qilish mexanizmi samaradorligini oshirishga qaratilgan. 

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston tijorat banklari Rossiyadagi valuta savdolarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Rossiya hukumati valuta savdosida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi. 

«Xorijiy kredit tashkilotlari, hamda, do‘stona va neytral davlatlarning brokerlariga Rossiya valuta bozorida, shuningdek, moliyaviy instrumentlar bozorida savdo qilishga ruxsat beriladi», deyiladi xabarda. 

Ro‘yxatga 30 dan ortiq davlat kiritilgan: Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Jazoir, Bangladesh, Bahrayn, Braziliya, Venesuela, Viyetnam, Misr, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qatar, Xitoy, Kuba, Malayziya, Marokash, Mo‘g‘uliston, BAA, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tailand, Turkiya, Janubiy Afrika. 

Qayd etilishicha, qaror do‘stona va neytral davlatlarning milliy valutalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya qilish mexanizmi samaradorligini oshirish va Rossiya iqtisodiyotining milliy valutadagi hisob-kitoblarga bo‘lgan talabini qondirish uchun rublga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kotirovkalarni shakllantirishga qaratilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid