Hujjat vazirlikning Davlat daromadlari qömitasi saytiga joylaştirilgan.
Xususan, Qozoğiston Moliya vazirligi «çet el agentlari» röyxatiga quyidagilarni kiritgan:
- Qozoğiston xalqaro inson huquqlari böyiça byurosi;
- Erkindik Qanaty fondi;
- Qozoğiston yoşlar informatsion xizmati;
- Masa.Media naşri;
- MediaNet xalqaro jurnalistika markazi;
- «Xalqaro huquqiy taşabbus»;
- «Ar.Rux.Xak» huquqbonlik fondi;
- «Әdіl sөz» («Odil söz») xalqaro söz erkinligini himoya qiliş fondi;
- «Zelenoye spaseniye» («Yaşil qutqaruv») ekologik jamiyati.
- Qozoğiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi.
Respublikada «çet el agenti» deb e’lon qilinganlar orasida jurnalist Aynur Koskina, Majlis deputatligiga sobiq nomzod Dinara Yegeubayeva, jurnalist va «Za nami ujye viyexali» Youtube-kanalining muallifi Dmitriy Dubovitskiy bor.
Mustaqil matbuot «çet el agenti» deb topilgan jismoniy şaxslarning individual identifikatsion raqamlari ham e’lon qilinganiga e’tibor qaratgan. Bu şaxsiy ma’lumotlarni oşkor qiliş hisoblanadi.
Bundan taşqari, Qozoğiston hukumati «çet el agentlari» reyestriga xorijiy kompaniyalar va fondlarning vakolatxonalarini ham kiritgan. Masalan, Rossiya «Gazprombank»ining Qozoğistondagi vakolatxonalari, Reuters xalqaro axborot agentligi vakolatxonasi, «Kiyev vitamin zavodi» filiali va Niderlandiya silga qarşi kuraşiş markazining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ham röyxatdan örin olgan.
2022 yilda Qozoğiston hukumati çet eldan moliyalaştiriş oladigan şaxslarning reyestrini oşkor qilişni nazarda tutuvçi özgartirişlarni Soliq kodeksiga kiritgan edi. Hukumat bu çora «fuqarolar işonçi darajasini yuksaltiriş»ga qaratilganini aytib, yuridik şaxslar va nohukumat taşkilotlariga tegişli bölişini ta’kidlagan edi.

















