Prezident Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga amaliy taşrifi dasturi doirasida 22 aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari, Möğuliston, Ozarboyjon, Gurjiston va Armaniston delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Ostona şahridagi “EXPO” xalqaro körgazmalar markazida taşkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit (MES-2026) körgazmasidagi milliy pavilonlarni borib kördi.

MES-2026 diqqat markazida ekologik siyosatga kompleks yondaşuvni aks ettiruvçi sakkizta ustuvor yönaliş turibdi: iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, oziq-ovqat xavfsizligi va ekotizimlar barqarorligini ta’minlaş, tabiiy xavf-xatarlarga moslaşiş va iqtisodiy barqarorlikni oşiriş, havo ifloslanişini kamaytiriş va çiqindilarni samarali boşqariş, ekologik maqsadlarga erişiş mexanizmlarini rivojlantiriş, tabiiy resurslarni barqaror boşqariş, adolatli va inklyuziv “yaşil” ötiş, ekologik hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantiriş. Sammit kun tartibi barqaror rivojlanişning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ham qamrab olgan.

Tadbirda iştirok etayotgan mamlakatlarning milliy pavilonlarida ularning uşbu yönalişlardagi yutuqlari va kelgusi rejalari namoyiş etilmoqda.
Interfaollik va multimedia elementlariga ega körgazma-taqdimot maydoni şaklida barpo etilgan Özbekiston paviloni mamlakatimizning ekologiya, iqlim özgarişi va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişi sohalaridagi davlat siyosatining ustuvor yönalişlarini aks ettiradi. Şuningdek, ekspozitsiya Özbekistonning ekologiya sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşayotgan hissasini namoyon etadi.

Oliy martabali mehmonlarga ekologik taraqqiyotning zamonaviy modelini şakllantirişga qaratilgan asosiy taşabbuslarni öz içiga olgan ekspozitsiya taqdim etildi. “Çiqindisiz hudud”, “Toza havo”, “Yaşil makon”, “Ekomadaniyat”, “Biomeros” va “Ekologik ta’lim” kabi umummilliy loyihalar şular jumlasidan.
Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etiş, şuningdek, xalqaro taşkilotlar, eng avvalo, BMT tuzilmalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

















