Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi
Qonunchilik palatasiga ko‘ra, 2020 yilda qabul qilingan qonunni “sohadagi islohotlar va bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish” zarurati tug‘ilgan.
Qonunchilik palatasi Kengashining qarori bilan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Qarorda qonunni “sohada olib borilayotgan islohotlar va bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish” zarurati borligi aytiladi.
Guruh o‘z takliflarini bir oylik muddatda, ta’lim to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda ishlab chiqishi va Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etishi kerak.
28 nafar a’zodan iborat ishchi guruhga palata spikeri Nurdinjon Ismoilov raislik qiladi. Guruhdan parlament vakillari, hukumat rasmiylari va boshqalar o‘rin olgan.
2023 yil aprel oyida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim mazmunini belgilovchi (ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklarga oid) qator vakolatlari shu markazga o‘tkazilgan edi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda bu markaz ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari qatorida aks etmagan. Qonun bundan 3 yil oldin – 2020 yil 24 sentabrdan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
13:31 / 11.03.2026
Poytaxtda ta’lim xizmatlari bo‘yicha yetakchi tuman aniqlandi
19:02 / 06.03.2026
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi
18:59 / 06.03.2026