Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston aviakompaniyasi Dehli va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar jadvaliga qo‘shildi
Shu paytgacha Toshkent va Dehli o‘rtasida parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 6 marta bajarilayotgan edi. Endilikda mazkur havo qatnovlari soni haftasiga 10 martaga yetdi.
Hindistonning eng yirik aviatashuvchilaridan biri - IndiGo kompaniyasi Dehlidan Toshkentga parvozlar amalga oshira boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Aviakompaniyaning A-320NEO rusumli samolyoti Dehli vaqti bilan soat 20:50 da (Toshkent vaqti bilan soat 20:20) mamlakat poytaxti sari havoga ko‘tarildi. Bu IndiGo’ning 31-xalqaro yo‘nalishi bo‘ldi. Aviakompaniya samolyotlari ikki yirik shahar o‘rtasida haftasiga to‘rt marta parvoz qiladi.
Toshkent va Dehli o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan yangi havo qatnovi munosabati bilan Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlarda, jumladan, fuqaro aviatsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlik izchil rivoj topayotgani qayd etildi.
Shu paytgacha Toshkent va Dehli o‘rtasidagi parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 6 marta bajarilayotgan edi. Endilikda mazkur havo qatnovlari soni haftasiga 10 martaga yetdi.
Avgust oyida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan IndiGo aviakompaniyasiga Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha A-320NEO va A-321NEO samolyotlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026