Rasmiy statistikaga köra, 2023 yilning dastlabki 7 oyida sodir bölgan YTHlar natijasida 1115 kişi vafot etgan, 4,5 mingdan ortiq kişi jarohatlangan. Afsuski, halok bölganlar orasida piyodalar soni ham salmoqli – 400 kişidan ortadi.
Kun.uz jamiyatimiz uçun dolzarb bölib turgan uşbu masala yuzasidan mas’ullar bilan suhbat uyuştirdi.
Nosirjon Zokirov, ekspert:
— Özbekistonda piyodalar uçun piyodalar ötiş joylaridan ötiş belgilanmagan joylardan ötişga qaraganda xavfliroq. Çunki piyodalar ötiş joylari yaxşi taşkil qilinmagan.
Yaqinda özimiz ham kördik: Toşkentning özida bir neça holatda piyodalarni maşina urib ketdi va ular ölim bilan tugadi. Masalan, Zulfiyaxonim köçasida 2022 yil dekabr oyida YTH sodir böldi. Bolasi bilan yöldan ötayotgan ayolni haydovçi maşinada urib ketdi. Ayol komaga tuşdi, bolasi omon qoldi. Şu YTH böyiça çiqiş qildim. Keyin Toşkent şahar YHXB menga aloqaga çiqib, menga öşa yerdagi piyodalar ötiş joyini bildiruvçi belgini töğrilab qöyilganini körsatişdi. Belgi juda past joylaşgan edi, haydovçida öşa belgini körişning umuman iloji bölmagan. Men uni oqlayotganim yöq, u yerda bir qança belgilar uni orasida tösilib ham qolgan. Çap tomonda xavfsizlik orolçasi yöq. Şunday xavfli joyda, albatta yölni örtasida xavfsizlik orolçasi qiliş kerak, haydovçi öngdagi belgini körmasa, çapdagisini körişi kerak.

Bu borada bir taklif bor, mas’ullar eşitişadi, lekin qilişmaydi,. YTH bölgan vaqtda mas’ullar belgilar örnatilgan, deb çiqadi. Töğri, 5.16.1 belgilari örnatilgan va ular bevosita piyodalar ötiş joyi oldiga örnatilgan. Lekin haydovçilar uçun “1.20 – Piyodalar ötiş joyi” ogohlantiruvçi belgisi kamdan kam holatda qöyiladi. U belgini körganidan keyin haydovçi tezlikni pasaytirib, huşyorlikni oşiradi va yaqin orada piyodalar ötiş joyi borligidan ogoh böladi.

Bu belgi nafaqat öng tomonga, agar ajratuvçi bölak bölsa çap tomonga ham örnatilişi kerak bölgan belgi. Lekin Toşkentda yölning çap tomoniga örnatilgani 10 ta ham çiqmaydi. Şuni gapirsangiz, [mas’ullar]: “Yöq, davlat standarti böyiça piyodalar ötiş joyiga yaqinlaşuv köriniş 150 metrdan kam bölsa, bu belgi örnatilmaydi” deydi. Aslida, bu belgini ortiqça qöyib qöysa yoki noörin qöysa ham heç qanday huquqiy oqibat yöq. haydovçiga oldin ikki tomonlama belgilarni qöyamiz, körib tezlikni pasaytiradi. Şaroit yaratiş şunaqa böladi. Hozir piyodalar ötiş joyini birdan körib qoladi yoki daraxtni orqasida böladimi u belgi…








