2023 yilning dastlabki 7 oyida Özbekistonda 4,7 mingdan ortiq yöl-transport hodisalarida 1,1 ming kişi vafot etdi. Oğir oqibatlarga olib kelayotgan YTHlarning köpayişiga nimalar sabab bölmoqda: qoidabuzarlikmi yoki yöllardagi yomon şaroitlar? Ularni kamaytiriş borasida nimalar qilinyapti? Kun.uz muxbiri IIVning yöl harakatiga mas’ul idorasi vakili va soha eksperti bilan şu masalada suhbatlaşdi.

Yaqinda e’lon qilingan statistikada 2023 yilning dastlabki 7 oyida sodir bölgan YTHlar natijasida 1115 kişi vafot etgani hamda 4,5 mingdan ortiq kişi jarohatlangani oçiqlandi. Kuni keça prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida ötkazilgan yiğilişda yöl-transport hodisalari hamda haydovçilarga qulaylik yaratiş tizimlarini kengroq joriy qiliş zarurligi aytildi. Kun.uz jamiyatimiz uçun dolzarb bölib turgan uşbu masala yuzasidan mas’ullar bilan suhbat uyuştirdi.

— Nima uçun ölim bilan boğliq bunday YTHlar oşib bormoqda?

Erali Bozorov, IIV JXD YHXX boşliği örinbosari, polkovnik:

— Jiddiy masala bu. Prezident tomonidan nazoratga olingan. 2022 yil 11 aprel kuni xavfsiz va ravon yöl tamoyili asosida inson xavfsizligi masalasida ustuvor yönalişlar belgilab berildi. Prezidentimiz tomonidan 4 aprelda qabul qilingan qarorda YTHlar oqibatlarini kamaytirişga jiddiy e’tibor qaratildi. Umuman, 2 yil davomida 18 ta hukumat, 5 ta prezident qarori qabul qilindi. Ma’muriy kodeksga tegişli özgartirişlar kiritildi. Prezident qarori bilan Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi iş boşladi. Komissiyaning vazifasi — holatlarni örganib, vazirlik va idoralar vazifalarini belgilab, muvofiqlaştiriş.

Yuqorida statistika keltirildi, lekin ölim holatlarining kamayişiga erişdik biz. Har bir YTH tahlil qilinadi. Obektiv sabablar 48 foizni taşkil qilsa, sub’yektiv sabablar 51,4 foizni taşkil etadi. 16,9 foiz holatda tezlikni oşiriş sabab bölgan. Endi şaharlarda tezlik 70 dan 60 ga tuşirildi, bu ham oqibatlarni kamaytirişga olib keladi.