Jahon | 10:14 / 27.09.2023
3188
2 daqiqa o‘qiladi

NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishi 11-12 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Yig‘ilishga NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg raislik qiladi.

Foto: nato.int

11-12 oktabr kunlari alyansning Bryusseldagi shtab-kvartirasida NATO mudofaa vazirlarining rejalashtirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi. 

«Mudofaa vazirlari yig‘ilishi 11-12 oktyabr kunlari NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishga NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg raislik qiladi», - deyiladi xabarda. 

Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Shvetsiyani NATOga qabul qilish jarayonini tezlashtirish uchun hozircha hech qanday asos ko‘rmayotganini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda «hech narsa Shvetsiya xavfsizligiga tahdid solmayapti» va shuning uchun Vengriyada mamlakatni alyansga qabul qilish jarayoniga shoshilish uchun asos yo‘q.

«Biz Shvetsiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qilishga undaydigan shoshilinch nimadir bor-yo‘qligini ko‘rishimiz kerak. Men bunday holatlarni ko‘rmayapman», - dedi Orban.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid