Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda belgilanmagan joyga ikkinchi marta chiqindi tashlagan fuqaroning transporti musodara qilinadi
ZIL yuk mashinasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlab, 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilgan fuqaro, oradan bir necha kun o‘tib, shunday huquqbuzarlikni yana sodir etgan. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga asosan, bunday holatlarda huquqbuzarning transporti musodara qilinadi.
Toshkent tumani, Qorasaroy mahallasidan oqib o‘tuvchi suv bo‘yiga qurilish chiqindilari to‘kib ketildi. Holat ushbu hududdagi xonadonlardan biriga o‘rnatgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda ushbu mahallada yashovchi A.T. ZIL rusumli yuk mashinasida qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, A.T. avval ham shunday huquqbuzarlik sodir etgan va 7 sentabr kuni ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarima solingan. Oradan 8 kun o‘tib fuqaro tomonidan takror huquqbuzarlik sodir etilgani aytilmoqda.
Ekologiya vazirligining ta’kidlashicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91(1)-moddasiga (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) ko‘ra, huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik quroli musodara qilinadi.
Shunga asosan, A.T. yuk mashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Musodara qilinishi yuzasidan hujjatlar to‘planib, sudga da’vo arizasi kiritiladi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026