O‘zbekiston | 15:09 / 02.10.2023
10402
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Dohada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston rahbari Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan kutib olindi.

Doha shahridagi “Amiri Devon” majmuasida davlat tashrifi bilan Qatarda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid