Jahon | 10:40 / 02.10.2023
3312
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Hindistonni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Pokiston ichki ishlar vaziri Bugti RAW pokistonlik toliblarni qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilmoqda.

Foto: Reuters

Pokiston muvaqqat hukumati ichki ishlar vaziri Sarfaraz Ahmad Bugti Hindistonning Research and Analysis Wing (RAW) razvedka agentligini 29 sentabr kuni 57 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumlar ortida turganlikda aybladi

Pokiston milliy matbuoti xabarlariga ko‘ra, Bugti hujumlar Balujiston va Xayber-Paxtunxva viloyatlarida to‘plangan fuqarolarga qaratilganini ta’kidladi.

Bugti terror guruhlari va ularning faoliyatini kimlar qo‘llab-quvvatlayotganini yaxshi bilishini aytdi va RAW’ni 57 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujumlar ortida turganlikda aybladi.

Vazir Bugti RAW pokistonlik toliblarni qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilmoqda. 

Nyu-Dehli ma’muriyati Bugti ayblovlariga hozircha javob bermadi. 

29 sentabr kuni Balujiston viloyatining Mastung tumanida aholi yig‘ilgan masjid yaqinida terakt sodir etildi. Shu kuni Xayber-Paxtunxvaning Xangu tumanida xudkushlik hujumi ham qayd etildi.

Teraktlar natijasida 57 kishi halok bo‘lgan, 140 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid