Ilm-fan uçun foyda keltiradigan aqllarni dalada ketmon çopişga yoki qurilişga sarf bölişga majbur qiladigan omil ham yöqçilik. Ammo Onore de Balzakning «Dahriyning ibodati» hikoyasidagi Deplenning ilmga intilişi, tibbiyot borasidagi iste’dodi saqlab qolindi. Yöqçilik çangalida qolgan yigitga yordam qöllari çözildi va Deplen mohir şifokor bölib yetişdi.

Syujyet:

Hammaning tiliga tuşgan, öz kasbining mohir mutaxassisi bölgan Deplen dahriy edi. U umuman Xudoga işonmas, uning borligini tan olmasdi. Uning dösti va yaqin şogirdi Byanşon bir kuni ustozini ibodatxonada körib qoladi. Deplenning dahriyligini hamma bilardi. Özi buni heç qaçon inkor etgan emas. Byanşon ustozidan ibodatxonada nima qilayotganini sörolmadi. Oradan yillar ötib söraşga jur’at etdi. Deplen unga ibodatxonaga boriş sababini gapirib beradi.

Bölajak şifokor tibbiyot böyiça tayyorlanib yurgan vaqtlari juda qiyinçilik bilan hayot keçirar edi. Har bir tiyin pulini öylab xarjlaşga, har kuni qotgan non yeyişga, abgor kiyim-boşda yurişga majbur edi. Ijara uçun tölaşga puli qolmagan, köçaga haydaliş arafasida turgan çoğida Burja ismli qöşni xonada yaşovçi kişi yigitçaga homiylik qiladi.

Doplen va Burja birga yaşay boşlaydi. Burjaning yagona orzusi ot va suv taşiydigan boçka oliş edi. Bu uçun u ançadan beri pul yiğardi. Şu pullarini öylab ötirmay Deplenning öqişi uçun sarflab yubordi. Burja yigitçaga puldan yordam beriş bilan birga, uning barça maişiy yumuşlarinida bajarardi. Umuman olganda, çöridek xizmatida bölardi. Uning barça xizmati mutlaqo beminnat edi.

Burja kutgan kunlar yetib keldi. Deplen zör şifokor bölib yetişdi. Tutingan otasiga suv boçka va ot ham sovğa qildi. Ammo Burja birdan kasal bölib qoldi. Deplen uning hayotini 2 yilga saqlab qololdi, biroq kasallik huruj qilib, Burja vafot etdi. 

Deplen doim Burjaning mehnatlariga yaraşa javob qaytarolmaganidan ökindi. Tutungan otasi dindor edi. Bibi Maryamni qattiq sevardi. Şu sababdan ham yillar davomida yiliga tört marta ibodatxonaga borib, Burja uçun çin dildan duo qilişni odatga aylantirgandi…

Tahlil:

Deplenda ham qaşşoqlik sabab orzulariga yetolmaslik xavfi bor edi. Ammo taqdir unga «najot fariştasi»ni yubordi. Bu «farişta»da na qanotlar, na harir libos va na oltin tayoqça bor. Unda faqat soatiga ikki su* kira haqi beriş şarti bilan ijaraga olgan aravaçagina bor. Bu Burja ismli Deplenning xaloskori faqat bir narsani: suv taşiydigan boçka va otni orzu qilardi. Burja şu arzimas köringan, ammo özi uçun qadrli bölgan orzusidan Deplenning kelajagi uçun keçdi. Bir söz bilan aytganda, yoş talabaga homiylik qildi.