Iqtibos: Öliş sening irodangga boğliq emas. Heç kim ölişni istamaydi va heç zot aynan uning özi öldirilişini bilmaydi. Öldiriş – irodaga boğliq, uruşda esa – majburiy, şart qöyilgan iş. Lekin özingga özing qanday aytasan: öldiraymi, öldirmaymi?
Insoniyat ikki yirik Jahon uruşini boşdan keçirdi. Bu uruşlar qança kulfat, musibat, azob keltirib çiqargani barçaga ayon. Aslida har qanday uruşning foydalisi bölmaydi. Çunki uruşlar jaholat, adovat, razolat singari çirkin sabablar orqali kelib çiqadi.
Uruşga borgan odam kimnidir qonini tökişga, öldirişga majbur. Öldirmasa, özini öldirişadi. Öldirsa, özligidagi toza ruhi bulğanadi, “men”i öladi, qöli qonga bulğanadi. Har ikki yölda ham yutqiziği muqarrar. Xöş nima qiliş lozim? Çingiz Aytmatovning «Qulayotgan toğlar» asariga epilog şaklida berilgan «Öldir – öldirma» hikoyasi qahramoni Sergiy ham ayni şunday arosat yölda, öyda qoldi. Uruşga ketarkan, öldirsammi, öldirmasammi, deya ikkilanib borardi...
Syujyet:
19 yoşli Sergiy uruşga otlandi. Bir qança oy harbiy maşqlar bilan ovora bölgan yigitga opasidan xat keladi. Xatda uning dilini xira qiladigan xabar yozilgandi: Nataşka özidan ança katta bölgan erkakka turmuşga çiqqandi. Bundan yigitning köngli ğaşlandi. Garçi qiz bilan örtalarida tayinli biror gap ötmagan bölsa-da, uning tuyğulari Nataşkaga nisbatan juda beğubor va samimiy edi.
Nataşa bilan Sergiy bir sinfda öqirdi. Yigit köpdan bu qizga nisbatan özida iliqlik sezib yurardi. Bu iliqlik maktab keçasidagi bayramdan, birga raqs tuşib, suhbatlaşganlaridan söng alanga olgandi. Nataşaning özi Sergiyni raqsga taklif qildi va:
– Men senga yoqaman. Menga erişişni orzu qilasan. Bilsang, men ham senga befarq emasman, – deb aytadi. Bundan esa yigitning boşi osmonga yetadi. Ammo ularning munosabati şu suhbat bilan kifoyalanadi. Ya’ni keyin ular qaytib tuzuk-quruq sözlaşmaydi. Orada Sergiy uruşga ketadigan bölib qoldi. Bu xabarni yuragi xapqirib seviklisiga aytganda, qiz buni sovuqqongina qabul qildi. Şu bilan ular ayriladi.
Yölga hozirlanarkan onasi tinmay uruşda qon tökma, heç kimni öldirma deya tayinlardi. Buni eşitib otasining fiğoni falakka çiqardi. Uruşda odam öldirmasa uni öldirişlarini, busiz imkoni yöqligini tuşuntirardi. Ota ham Birinçi jahon uruşida qatnaşgan bölib, köplab qirğinlarni körgan, odam öldirgan, diydasi qotgan tajribali sobiq askar edi.
Poyezd kutib safda turgan Sergiyning yoniga löli xotin keladi. Şunça yigitlar qolib aynan Sergiyga fol oçişni istaydi. Qöyarda qöymay kaftini oçib fol köra boşlaydi.












