Biz odamlar dunyoni bozorga öxşatamiz. Ba’zan “bozor dunyo ekanda”, deb qöyamiz. Bundoq olib qaralsa, çindan ham bozor bilan dunyo bir-biriga judayam öxşaş. Dunyo bozor singari kişini öziga jalb qiladi. Turli xil ne’matlari bilan kişini maftun etadi. Bor ziynatlarini köz-közlab çorlaydi. 

Dunyoda odamzod bozordagi kabi aldaydi, aldanadi, öğirlaydi, öğirlatadi, oladi, beradi, sotadi, sotib oladi... Bozorga kirib qolgan kişi vaqt ötganini bilmay qoladi. Kirişga kiradi-yu çiqqisi kelmaydi. Kezgan sari kezgisi, aylangisi, imkoni bölsa qolgisi kelaveradi.

Zamonaviy özbek adabiyoti vakili Uluğbek Hamdamning “Yaxşiyam sen borsan” hikoyasi qahramonlari Yusuf va Zulayho ham kirişi bor, çiqişi yöq “bozor” çangaliga tuşib qoladi…

Syujyet:

Ikki sevişgan uçraşarkan Zulayho birrov bozorga kirib-çiqişni iltimos qiladi. Ikkisi yetaklaşib bozor aylanadi. Biroz muddatdan söng qiz zerika boşlaydi va ketişni istaydi. Ammo şu izlaşsa-da çiqişni topişolmaydi. Hamma joyda kiriş. Çiqiş esa yöq.

Izlayverib çarçab ketgan ikki yoş bir qahvaxonaga kirib nafas rostlaşadi. Yusuf çoyçi amakidan çiqiş yölini söraydi. Ammo çoyçi buni aytişni istamay, yigitning gapini eşitmaganlikka oladi. Yusuf esa aytmaguniça ketmasligini aytib, ötirib oladi. Axiyri çoyçi amaki çiqiş yöli kunçiqar tomondagi köhna qabristonda ekanini aytadi.

Yigit va qiz yölga tuşadi. Yuriş qiyin edi. Odamlar köp. Ular turtina-surtina ilgarilab borişayotgan çoğ Yusufning oyoq kiyimi ipi yeçilib ketadi. Boğiçni boğlaş uçun Zulayhoni bir zumginaga qöyib yuboradi. Işini bitirgaç atrofga qarab sevgilisini topolmay izlaşga tuşadi. Ammo qiz yon-atrofda körinmasdi. Söngra uni zargarlar rastasi yonida uçratadi. 

Zulayhoni oltin tujjorlari örab olgandi. Ular çiroyli zeb-ziynatlariga qizni mahliyo qilib tinmay maqtaşardi. Yusuf bir muddat nima qilarini bilmay serrayib qoldi. Agar hozir qizni bu tuzoqdan qutqarmasa, Zulayho bir umr bozorda qolib ketişini içdan his qilib, uning oldiga borib, ketdik deydi. Ammo qiz ketişni istamaydi. Zulayho yuravermagaç şart kötarib keta boşlaydi. Bir muddatdan söng qiz huşini yiğib oladi...

Ular yura-yura yana öşa qahvaxona yoniga kelib qoladi. Hafsalalari pir bölgança bir dam nafas rostlagan bölib yana yölga tuşişadi. Ikkalasi rastalar oralab borarkan peştoqiga “Boşqarma” deb yozilgan idoraga duç kelişadi. U yerdan barzangilar çiqib, Yusufni olib kirib ketadi. Bir muddatdan söng yigit başang kiyingança törtta qöriqçisi bilan çiqib keladi. U öziga qarab turgan Zulayhoni körmaslikka olib ötib ketadi. Qiz qayta-qayta çaqirsa-da qayrilib ham qaramaydi. Yusufni şunçaki qaytarib bölmasligini tuşungan Zulayho piçoq bilan ikki yuzini tilib yuboradi va: