Yaşa Şöro, yaşa Şöro!
Sen yaşaydurgon zamon.
Işçi öğli şuhratingdan
Balqisin röyi jahon!
Yaşa şöro, yaşa şöro!
Bir paytlar ayni şu misralarni xalqimiz şior darajasigaça çiqargan edi. Makkor şöroning taşviqoti, hiyla-nayrangi natijasida şöro tuzumiga siğiniş holatida edi. Mustamlakaçilarning makkorligiga uçmagan, ozodlik uçun kuraşgan, erk yölida jon tikkan mardlarni istibdodçilar xalqqa “bosmaçi” sifatida tanitar, qonxör deya yomon körsatardi. Xalqimizning soddaligi, şirin gapga uçib ketaverişi pand berdi va “bosmaçi”lar tor-mor etildi.
Yillar ötib “bosmaçi”larning “bosmaçi” emasligi, aslida erk uçun qöliga qurol olgan vatanparvarlar ekani oçiqlandi. Xalq ongidagi ular haqidagi notöğri tuşunçalarni supurib taşlaş maqsadida köplab taşviqotlar olib borildi, badiiy asarlar yaratildi. Şulardan bittasi Şukur Xolmirzayevning “Qora kamar” pesasidir.
Syujyet:
Asar Surxon qörboşisi Xurrambekning Afğonga qoçib ketgan Oston ismli navkarini söroq qilişi bilan boşlanadi. Oston “boşqa qon tökmayman” deya qasam içib, qoçib ketgan edi. Ammo otidan közi qiymay, qaytgandi.
Bir qança vaqt avval Xurrambek Ibrohimbek qörboşi bilan tortişib qolgaç, Ibrohimbek odamlari bilan Afğonga ötib ketgandi. Xullas qörboşilar örtasida özaro nizo çiqib tarqalib ketişgandi.
Ularning 50 ming qöşini bölib, Anvar poşo boşqarar edi. Anvar poşo vafotidan keyin boşqaruv Ibrohimbek qöliga ötadi. Örtada Xurrambek bilan ixtilof çiqib, Ibrohimbek Afğonistonga ötib ketadi. Barça qörboşilar birin-ketin tor-mor etila boşlaydi.
Xurrambek Ostondan hozirgi kunda Ibrohimbek afğonda qaroqçilik qilib kun körib yurganini, Xurrambek undan keçirim söramagunça inglizlarning qurol-yaroğini ötkazmoqçimasligini eşitadi.
Bu orada unga Farğonadan Abdulla Nabi ismli yigit kelib hammani şöro hukumatiga qöşilişini taşviq qilib yurganini, xalq uning ketidan ergaşayotganini aytişadi. Qörboşi odamlariga Abdullani tutib kelişlarini buyuradi.
Bir payt Xurrambek bolalar ovozini eşitib qoladi. Ular:
Yaşa Şöro, yaşa Şöro!











