Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dose»: Rossiyada maxfiy obektlarning manzili ochiq e’lon qilinmoqda
Elektr ta’minotidan uzib bo‘lmaydigan maxsus elektr iste’molchilarining ro‘yxatlari Rossiya mintaqalari saytlarida e’lon qilindi, deb ma’lum qildi «Dose» markazi. Ular ko‘plab maxfiy razvedka obektlari haqida ma’lumot beradi.
«Dose» markazi Rossiya mintaqaviy ma’muriyatlari veb-saytlarida maxfiy obektlar - Mudofaa vazirligi, «FSO», «GRU», Ichki ishlar vazirligi va Federal jazoni ijro etish xizmatining harbiy qismlari, muassasalari va tashkilotlari haqida ma’lumot to‘plangan, ular joylashgan manzillar yozilgan hujjatlarni topdi. Nashrning 2 oktyabr, dushanba kuni yozishicha, bu hujjatlar - hech qanday sharoitda elektr ta’minotidan uzib bo‘lmaydigan maxsus elektr energiyasi iste’molchilarining ro‘yxati.
Shu bilan birga, jurnalistlarning qayd etishicha, bunday ma’lumotlar qonuniy ravishda davlat siri hisoblanadi va uni oshkor qilish Jinoyat kodeksining 283-moddasi bilan taqiqlanadi. Ayni paytda, Moskva meriyasi veb-saytida e’lon qilingan 434 sahifali hujjatning aksariyat sahifalari mazmuni hech qanday sirni o‘z ichiga olmaydi: bular tibbiyot muassasalari, Rossiya temiryo‘llari va metro obektlari, aloqa infratuzilmasi, federal va shahar hokimiyatlari va boshqalar.
«Dose»ning yozishicha, maxfiy obektlarning eng katta konsentratsiyasi poytaxtning Xoroshevo-Mnevniki tumanidagi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud - Serebryanniy Borda to‘plangan. U yerda «SVR»ga tegishli harbiy qism obektlari, shuningdek, «mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash» va «xizmat dachasini boshqarish» uchun mo‘ljallangan hududlar mavjud.
Surishtiruvchilar ta’kidlashicha, Moskva ro‘yxatining «Maxsus guruhi»dan «FSO»ga tegishli bo‘lgan ba’zi obektlar, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva cherkovlari hududlariga tegishli.
Xususiy kvartiralar ham «Maxsus guruh»ga kiritilgan
Bundan tashqari, Sergey Sobyanin tomonidan tasdiqlangan maxsus elektr iste’molchilari ro‘yxatida maxfiy idoralar xodimlari ro‘yxatga olingan manzillar mavjud. Hujjatda, xususan, Profsoyuznaya ko‘chasidagi 91-sonli turar joy binosida Tashqi razvedka xizmatiga ajratilgan ikkita aniq kvartira ko‘rsatilgan. «Jan-Jak» kafesi joylashgan Stoleshnikov ko‘chasidagi bino «FSO» bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.
Shunga o‘xshash ro‘yxatlar Rossiya boshqa mintaqalari hokimiyatlarining internet sahifalarida ham mavjud va ularni tuzish tamoyillari farqlanadi. Shu tariqa, «Primore o‘lkasida Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining manzillari batafsil va aniq ko‘rsatilgan, ammo raqamlar va bo‘linmalarning nomlarisiz», deyiladi ma’lumotda. «Ramzan Qodirov tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, Checheniston tinchlik qo‘rg‘oni hisoblanadi: ro‘yxatda faqat kasalxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalari bor - birorta ham harbiy qism yo‘q. Ammo Shimoliy Osetiya-Alaniyada deyarli har bir qishloqda «FSB» nazoratidagi «obektlar» bor», deb yozadi «Dose» markazi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025