Jamiyat | 19:00 / 05.10.2023
20523
3 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz abonentlari har oy pul sovrinlarini yutib olishlari mumkin

Buning uchun ular umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan «MOBImania» aksiyasi ishtirokchisiga aylanishi kerak.

Foto: Mobiuz

Mobiuz mobil aloqa operatorining yangi va amaldagi abonentlari foydali xizmatlardan yanada manfaatliroq foydalanishlari mumkin. Kompaniyaning rasmiy mobil ilovasida turli xil xaridlar va harakatlar uchun ular endi maxsus Mobicoin’lar olishadi. Ushbu Mobicoin’larni to‘plamlar va xizmatlarga almashtirish mumkin, bu esa avtomatik ravishda «MOBImania» aksiyasi ishtirokchisiga aylanish imkonini beradi.

Aksiya bo‘yicha olti oy davomida har oyda 2 million so‘mdan 50 million so‘mgacha yutadigan 20 nafar tasodifiy g‘olib aniqlanadi. Bundan tashqari, 24 va undan ortiq imkoniyat to‘plagan barcha ishtirokchilar aksiya natijalariga ko‘ra bosh sovrin – 100 million so‘mni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aksiyada qatnashish uchun uchta oddiy harakat talab etiladi:

1) Mobiuz mobil ilovasini yuklab olish va o‘rnatish, undan Mobiuz raqami bilan ro‘yxatdan o‘tish. Natijada foydalanuvchi avtomatik ravishda birinchi 50 ta Mobicoin’ni oladi.

2) Mobicoin’larni to‘plash. Mobiuz mobil ilovasidagi abonentlarning keyingi barcha harakatlari ularga  Mobicoin’larni olib keladi: plastik kartani ulash, do‘stlarni taklif qilish, turli onlayn xizmatlar uchun to‘lovlarni amal oshirish, internet-to‘plamlar, daqiqalar, cheksiz ijtimoiy tarmoqlar xizmatlarini xarid qilish, MobiCinema mobil televideniyesini yoqish va boshqalar.

3) Yig‘ilgan Mobicoin’larni turli bonusli to‘plamlar va xizmatlarga almashtirish. Shu bilan birga abonent aksiyasida ishtirok etish uchun maxsus Mobiticket’lar (imkoniyatlarga) avtomatik ravishda ega bo‘ladi. Ayirboshlash uchun ishlatiladigan har 50 ta Mobicoin 1 ta Mobiticket’ga teng.

Kichik bir misol. Mobiuz abonenti Anvar K. kompaniyaning mobil ilovasidan foydalanadi. 3 oktyabr kuni u ilova orqali o‘z balansini 50 ming so‘mga to‘ldirdi (bu unga 100 ta Mobicoin olib keldi), shuningdek, onlayn ta’lim xizmatlaridan biri uchun 300 ming so‘m (+150 Mobicoin) to‘ladi. Shunday qilib, u 250 Mobicoin bonus to‘pladi.

200 Mobicoin’ga Anvar bir oylik cheksiz Youtube xizmatini faollashtirdi. Shu bilan birga u aksiyada ishtirok etish uchun 4 ta Mobiticketni ham qo‘lga kiritdi (har 50 ta Mobicoin uchun bittadan Mobiticket). Anvar Mobicoin’larni to‘plashda davom etishi va ularni turli xizmatlarga almashtirishi, shuningdek, aksiyada g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirishi mumkin.

«MOBImania» aksiyasi boshlanishi munosabati bilan Mobiuz maxsus rolik chiqardi:

Aksiya bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni kompaniya veb-saytida olish mumkin. Qiziqtirgan barcha savollar bilan esa Mobiuzʼning maxsus aloqa botiga murojaat qilsa bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid