Beeline Uzbekistan - rivojlanayotgan mamlakatlardagi operatorlar orasida eng yaxshi raqamli xizmatlar provayderi
Beeline Uzbekistan Digital-operatori nufuzli SAMENA LEAD Awards mukofoti bilan taqdirlandi.
BAAning Dubay shahrida SAMENA Telekommunikatsiyalar kengashi tomonidan tashkil etilgan 14-Global mobil keng tarmoq forumi doirasida LEAD Awards 2023 marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi operatorlar, ishlab chiqaruvchilar, tartibga soluvchi organlar, assotsiatsiyalar va ilmiy muassasalar ishtirok etdi. Joriy yilda forum Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida ilg‘or mobil aloqani rivojlantirish, jumladan, 5 G ni joriy etish va biznesni rivojlantirish borasidagi yutuqlarga e’tiborini qaratdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar operatorlari orasida “Samarali biznes yuritish” nominatsiyasida eng yaxshi raqamli xizmatlar uchun mukofotni Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov CEO SAMENA Telecommunications Council kengashi bosh direktori janob Bokar Ba qo‘lidan qabul qilib oldi.
“Ushbu mukofot bizning raqamli xizmatlardagi ishimizning e’tirofidir. Bu muvaffaqiyat, shubhasiz, butun bir professional jamoaning sa’y-harakatlari natijasidir. Biz mijozlarimizning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun mobil formatda ko‘ngilochar va ta’lim, sog‘liqni saqlash va moliyaviy xizmatlar sohasidagi raqamli mahsulot va xizmatlarimizni yanada kengaytirishga intilamiz”, — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.
Hozirda Beeline Uzbekistan 11 ta raqamli ko‘ngilochar, fintex va ta’limga oid mahsulot hamda xizmatlarga ega. Masalan, bugungi kunda xizmatlar va servislar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan Beyepul ilovasi - 600 dan ortiq hamkorlarga ega, Beeline Uzbekistan ilovasida esa foydalanuvchilar soni 3 million kishidan oshishga ulgurdi.
“Unitel“ MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistanʼda 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Mavzuga oid
16:00 / 26.11.2024
Beeline Uzbekistan komplayens ufqlarini kengaytirmoqda
17:20 / 21.11.2024
GSMA Beeline Uzbekistan va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda M360 Euroasia’ni Toshkentga olib keladi
18:00 / 06.11.2024
"Hamkoringizni biling: komplayens biznesga xavf-xatarsiz o‘sishda qanday yordam beradi" - Beeline Uzbekistan Toshkentdagi forumga taklif qiladi
18:00 / 04.11.2024