Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO yadro sinovlarini qayta boshlashni rejalashtirmayapti
«Bizda bunday sinovlarni o‘tkazishni boshlash rejasi yo‘q», dedi alyans bosh kotibi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 11 oktyabr kuni Rossiya yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma (YaSTTsh) ratifikatsiyasini bekor qilish rejalari haqidagi ma’lumotlar tufayli NATO yadro sinovlarini qayta tiklamoqchi emas, dedi.
«Bizda bunday sinovlarni o‘tkazishni boshlash rejamiz yo‘q», dedi u matbuot anjumanida Rossiyaning YaSTTsh bo‘yicha rejalariga izoh berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishdan chiqishi Moskvaning yadroviy sinovlar o‘tkazish niyatini anglatmasligini aytgan edi.
Yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida (1996 yil 10 sentabr) qabul qilingan va 1996 yil 24 sentabrda imzolash uchun taqdim etilgan.
Shartnoma 1963 yildagi Atmosferada, kosmosda va dengiz ostida yadroviy qurol sinovlarini taqiqlash to‘g‘risidagi Shartnoma bilan kiritilgan cheklangan yadroviy sinovlarni taqiqlash rejimini so‘zsiz doirada kengaytiradi.
Har bir tomon yadroviy qurol sinovi yoki boshqa yadroviy portlashni amalga oshirmaslik, shuningdek, o‘z yurisdiksiyasi yoki nazorati ostidagi har qanday joyda bunday yadroviy portlashni taqiqlash va oldini olish majburiyatini oladi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026