Samaqanddagi Ipak yöli turizm markazida taşkillaştirilgan Kongressni soğliqni saqlaş vaziri A.Inoyatov tabrik sözi bilan oçib berdi.
Şundan söng yalpi yiğiliş bölib ötdi. Unda turli davlatdan kelgan olimlar çiqiş qilişda. Turkiy tilli davlatlar oftalmologlari jamiyatining ham yiğilişi nazarda tutilgan.

Kongressda Respublikamizning yoş oftalmolog olimlarini öz ma’ruzalari bilan çiqişi uçun alohida seksiya taşkil etilgani ham muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizning ham 500 dan ziyod oftalmologlari qatnaşmoqda.
Anjuman yanada mazmunli va tölaqonli ötişi közlangan bölib dasturda oftalmologiyaning deyarli barça yönalişdagi dolzarb muammolari, keng tarqalgan köz kasalliklari diagnostikasi va davolaş usullari qamrab olingan, bu esa iştirokçilarning yanada çuqurroq ilm olişi, tajriba almaşişi, malakasini oşirişi imkonini yaratadi.

Jumladan, «Keratorefraksion kasalliklarga taşxis qöyiş va davolaşning innovatsion texnologiyalari», «Vitreoretinal interfeys kasalliklariga taşxis qöyiş va davolaşdagi yangiliklar», «Rekonstruktiv-tiklovçi jarrohlik», «Oftalmologik yordam körsatişni taşkillaştiriş», «Glaukomaga taşxis qöyiş va uni davolaşdagi yangi istiqbollar», «Köz gavhari kasalliklarini davolaşdagi yangi texnologiyalar» kabi seksiyalarda olimlar fikr almaşişini közda tutilgan.

Umuman, özbekistonlik oftalmologlarning xalqaro aloqalari yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Jahon miqyosidagi anjumanning Özbekistonda ötkazilayotgani bejiz emas.
Bundan taşqari, şu yil Avstriyaning Vena şahrida ötkazilgan ESCRS-2023 xalqaro oftalmologlar Kongressida Özbekistondan 40 dan ziyod, Respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 8 nafar oftalmologlar iştirok etdi. Niderlandiyaning Amsterdam şahrida ötkazilgan EURETINA-2023 xalqaro oftalmologlar kongressida Özbekistondan 5 nafar oftalmolog qatnaşdi.

2018-2023 yillarda iarkaz mutaxassislarinig 50 nafari Fransiya, Turkiya, Armaniston, Avstriya, Qozoğiston, Latviya, Koreya, Rossiya, Belorussiya kabi davlatlarda malaka oşirgan. Rossiya Turkiya, Isroil, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan jami 20 nafardan ziyod horijiy mutaxassislarning markazga taşrifi davomida 1000 dan ortiq murakkab jarrohlik amaliyotlari ötkazilgan.


















