Tadbir Özbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi kömagida taşkil etiladi.
Yiğiliş AEXA texnik hamkorlik dasturida iştirok etuvçi mamlakatlar örtasida tajriba almaşiş, ustuvor yönalişlarni muhokama qiliş va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş uçun asosiy platforma hisoblanadi. Milliy koordinatorlar Agentlik va texnik loyihalar va dasturlarni amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan milliy tuzilmalar örtasidagi eng muhim böğin sanaladi.
Samarqandda bölib ötadigan anjuman milliy koordinatorlar yiğilişlarini ötkaziş an’anasini davom ettiradi. Ötgan yillarda bunday tadbirlar Tojikiston, Turkiya, Xorvatiya va Gretsiyada ötkazilgan.
Iştirokçilar uç kun davomida hamkorlikning ustuvor yönalişlari, amalga oşirilayotgan loyihalarning samaradorligi muhokama qiladilar, şeriklik aloqalarini rivojlantiriş va texnik yordam dasturlari natijalarini oşiriş böyiça strategik yondaşuvlarni işlab çiqadilar.
Samarqand uçraşuv nafaqat mintaqada texnik hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam böladi, balki turli mamlakatlardan kelgan iştirokçilarga Özbekistonning madaniy merosi va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanişiş uçun noyob imkoniyat yaratadi.












