Chelyabinskdan Toshkentga poyezdlar qatnovi tiklanadi
Rossiyaning Chelyabinsk shahridan Toshkentga poyezd qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Foto: rw.by
Dekabr oyida COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan Chelyabinsk-Toshkent shaharlararo poyezdi qatnovi qayta tiklanadi. Bu haqda «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» (RJD) matbuot xizmatiga tayanib «Kommersant» xabar berdi.
«10 dekabrdan boshlab, RJD tarmog‘i bo‘ylab yangi qatnovlar shakllantiriladi, bu jadval bir yil davomida amal qiladi. Xususan, uchta xalqaro poyezd qatnovi – «Minsk – Mineralniye Vodi», «Minsk – Arxangelsk» va «Chelyabinsk – Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdlar harakati tiklanadi», deyiladi xabarda.
Chelyabinsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi 365/366-sonli poyezd harakati 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi. Poyezd haftasiga ikki marta Chelyabinskdan jo‘nab, Qozog‘iston bo‘ylab O‘zbekistonga yetib borgan. Sayohat vaqti deyarli 59 soatni tashkil qiladi.
Yangi poyezdlar jadvali hali RJD saytida e’lon qilinmadi.
Mavzuga oid

23:12 / 02.07.2025
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?

20:37 / 02.07.2025
Moskva restoranlari o‘z menyularini arabchaga tarjima qilishni boshladi

20:31 / 02.07.2025
Rossiya Venesuelada qurol va o‘q-dori ishlab chiqaradigan zavod ochdi

20:23 / 02.07.2025