Bizda ajraşgan er-xotinlar sudni juda yomon qabul qiladi, köpçiligi qasdlaşiş oqibatida aliment tölamay qöyadi. Natijada bolaning keyingi hayotini öylab, uning ta’minoti va tarbiyasi borasida kelişuv qilinmaydi, “ajraşiş madaniyati” yetişmaydi, deydi MIB bölim boşliği Nasimxon Burxonov. Ma’lum qilinişiça, bugun kunda MIB ijrosida örtaça 300 mingta aliment işi bor, har bir xodimga oyida 100 tadan aliment işi töğri kelmoqda.
Kun.uz muxbiri Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bölim boşliği Nasimxon Burxonov MIB faoliyati yuzasidan suhbat uyuştirdi. Burxonov MIB ijrosida bölgan kiçik işlar va oilaviy-maişiy masalalarga töxtalib ötdi.
— Çet ellik, ya’ni yevropalik hamkasblarimiz bilan muloqotda sizlarda ham aliment böyiça muammolar bormi, deb söraganmiz. Ular bizda bunday hujjatlar deyarli yöq, deb javob bergan. Çunki ularda ajraşiş böyiça ham madaniyat şakllangan. Er-xotin birga yaşolmasa ham, bolalarining taqdiri, keyingi kelajagi masalasida kelişuvga erişadi. Aytişadi-ku, sobiq er yoki xotin bölişi mumkin, lekin sobiq farzandlar bölmaydi. Sud ham şu madaniyat doirasida böladi. Qonunçilikda aliment tölaş böyiça notarial tasdiqlanadigan kelişuv ham bor.
Bizda esa sobiq er-xotinlar sudni juda yomon narsa sifatida qabul qilib, battar öçakişib, duşman bölib qoladi. Aliment tölamaslik ham öçakiş oqibatida yuzaga keladi. Örtada bolalar taqdiri qolib ketadi. Şuning uçun kelişuv institutlarini şakllantiriş kerak. Biz yana bir amaliyotni yölga qöydik. Arzimagan sabablarga köra ajraşib ketgan, hozir sarson bölib yurgan er-xotinlarni yaraştiryapmiz, garçi vakolatimizga kirmasa-da. Agar oilani umuman saqlab qoliş imkoni bölmasa, ajraşişlarda ikki tomonga rağbatlar berib, kelişuvga imkon yaratib, madaniyat bilan ajraşadigan qiliş kerak. Aliment undiriş – qonunbuzarlikka moyil, haqiqiy tölamayotganlardan bölişi kerak. Prinsipiallik qilib atay tölamay yuriş... [bölmasligi kerak]. Özi umuman, aliment, kommunal tölov, haydovçilar jarimasi kabilar MIBgaça yetib kelmasligi, boşqaça mexanizm bölişi kerak. Çunki bu turdagi undirişlar davlat va fuqarolar örtasida taranglik keltirib çiqaradi. Bizning yuklama ham kamayar edi. Hozirda MIBda ham zamonaviy işlaş tizimlariga ötilyapti masalalarni oson hal qiliş uçun.
– Suhbat davomida aytdingiz, undiruvda mayda işlar soni judayam köp. Umuman MIBda kiçik summadagi va maişiy-oilaviy masalalar bilan boğliq iş hujjatlari qançani taşkil qiladi?











