“Sud qarorini bajariş konstitutsion majburiyat ekanini aytib, fuqarolarning “yoqasidan olamiz”, lekin davlat taşkilotlari MIB xodimlari borgunga qadar özlari örnak bölib, öşa qarzlarni tölaşi kerak”, deydi Kun.uz’ga intervyu bergan byuro bölim boşliği Nasimxon Burxonov. Uning sözlariga köra, ijro hujjatlari böyiça 447 milliard sömdan ortiq qarzdor hokimliklarning tölovdan qoçişi va jamoatçilik oldida sudga hurmatsizlik qilişining oqibati yomonroq böladi.
MIB öziga yuklatilgan vazifalarni qançalik bajara olyapti? Qonunlar hammaga birdek işlayaptimi, yiliga 6 millionga yaqin keladigan ijro hujjatlari, yuz minglab aliment qarzdorliklari qanday undirilmoqda?
Kun.uz muxbiri bu masalalar yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bölim boşliği Nasimxon Burxonov bilan suhbatlaşdi.
— Köpinça fuqarolar MIB xodimlarining davlat taşkilotlaridan zarar yoki qarzdorlikni undiriş jarayonidan norozi böladi. “Oddiy fuqaroning 300-400 ming qarzi bölsa, darrov uyiga MIB xodimlari borib oladi-yu, lekin davlat taşkilotlarining milliardlab qarzi bor, ularni bezovta qilmaydi, jim turadi”, deyişadi. Nimaga MIB – davlat taşkilotlari, hokimliklardan qarzni undirişda bunday sustkaşlikka yöl qöyyapti?
— Töğri, muammo bor, tan oliş kerak. Sud qarorini bajariş konstitutsion majburiyat ekanini aytib, qöpolroq qilib aytganda fuqarolarning yoqasidan olamiz. Lekin davlat taşkilotlari MIBdan borgunga qadar özlari örnak bölib öşa qarzlarni tölaşi kerak aslida. Bizning undirişimiz mayli, lekin ularning xalq oldida, OAV oldida sudga hurmatsizlik qilişi yomonroq oqibatga olib keladi [MIBga kelayotgan qarzdorlikni undirişga doir qarorni sudlar çiqaradi, Konstitutsiyada esa sudlar mustaqilligi va qarorlari barça uçun majburiy ekani yozib qöyilgan]. Ana şu alohida hokimiyat — sudga hurmatsizlik qilgani uçun çet ellarda prezident va amaldorlar ham javobgarlikka tortildi. Bu madaniyatni davlat organlari körsatib berişi kerak özi. Umuman, iş MIBgaça yetib bormasligi lozim. Davlat organlarining işi MIBgaça bordimi, xalq işonçi yöqolişi mumkin, siyosiy minus deyiş mumkin buni qaysidir ma’noda. Işonamanki, bizda ham bu boradagi madaniyat şakllanadi.
Undiriş masalasiga kelsak, davlatning barça xarajatlari rejali böladi. Davlat organlarida budjet oldindan şakllantiriladi, loyihalar körilib, şunga köra yillik budjet tasdiqlanadi. Rejadan taşqari xarajat qilişga haqqi yöq. Şuning uçun ham ulardan pul undirişda muammolar böladi. Şuning uçun kelasi yil budjet şakllantirilişidan oldin bunday holatlar ham rejalaştirilişi, kerak bölsa alohida mablağ ajratilişi lozim. Çunki Fuqarolik kodeksiga köra, noqonuniy xatti-harakatlar natijasida davlat organlari tomonidan yetkazilgan zarar davlat tomonidan tölab berilişi belgilangan. Kompensatsiya jamğarmalari taşkil qiliş amaliyoti ham bor davlat taşkilotlarida, ya’ni ortgan, tejab qolingan mablağlar hisobiga.














