Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlik ortidan milliardlar: Samarqandda Butunjahon turizm tashkilotining yubiley sessiyasi o‘tkazilmoqda
Samarqanddagi xalqaro sayyohlik markazida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkazilmoqda. Yirik xalqaro tadbirda 130 dan ortiq davlatdan vakillar qatnashyapti. Ular orasida ko‘plab turizm vazirlari, yirik sayyohlik shirkati rahbarlari ham bor.
O‘zbekiston 3 milliard dollarlik loyihalar taklif qildi
O‘zbekiston turizm vaziri Aziz Abduhakimov sessiyada nutq so‘zlar ekan mamlakat ishtirokchi investorlarga 3 milliard dollar qiymatdagi loyihalar taklif qilishini aytdi.
«Sayyohlik sektorini rivojlantirish uchun ko‘plab yengilliklar berdik. Masalan, QQS 20 foizdan 12 foizgacha tushirildi, QQSni 7 kun ichida qaytarish imkoni berildi. Bojxona xizmatida ham yengillashtirilgan tartiblar joriy qilindi. Xizmatlar sifatini oshirish maqsadida innovatsion startaplarni qo‘llash va soha uchun kadrlar tayyorlash uchun ta’limga e’tiborni oshirdik.

Hurmatli ishtirokchilar, mamlakatning turistik salohiyatini ko‘rsatish maqsadida sizlar uchun 5 ming kvadrat metr hududda ko‘rgazma tashkil etganmiz. U yerda 14 ta hududimizning sayyohlik yo‘nashlari haqida alohida ma’lumotga ega bo‘lasiz.


Bu forumda investorlarga umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar taklif etiladi. Istovchilar 170 ta ochiq auksionlarda ishtirok etishlari mumkin», dedi Abduhakimov.
Sayyohlik markazi hududida joylashgan ekspomarkazida barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston respublikasi sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. U yerda investor va xorijiy mehmonlarga hududlardagi mashhur va endi ochilgan sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.


Sessiya doirasida bir qator memorandumlar ham imzolandi. Masalan, Samarqand va Qozon shaharlari sayyohlik masalasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bundan tashqari Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
14:30 / 03.02.2026