O‘zbekiston | 07:31 / 20.10.2023
11080
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi yopiladi

20−25 oktyabr kunlari Bobur ko‘chasining yarmi aeroportdan Nukus ko‘chasigacha yopiladi. 

Toshkentda Bobur ko‘chasi ta’mirlash ishlari munosabati bilan 20 oktyabr kuni soat 10:00 dan 25 oktyabrgacha xalqaro aeroportdan Nukus ko‘chasi bilan chorrahagacha qisman yopiladi

Ko‘chaning yarmi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Har ikki yo‘nalishda harakatlanish ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun, 20 oktyabr soat 06:00 dan 22 oktyabr 18:00 ga qadar Botir Zokirov ko‘chasining Alisher Navoiy va Islom Karimov shohko‘chalari oralig‘idagi yarmi ham yopiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid