Angliya va «MYu» afsonasi Bobbi Charlton vafot etdi
Angliya milliy jamoasi hamda «Manchester Yunayted» klubi afsonasi ser Bobbi Charlton bugun, 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
«Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, ser Bobbi shanba kuni ertalab hayotdan ko‘z yumdi», - deyiladi «MYu» xabarida.
«Manchester Yunayted» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi bo‘lgan Bobbi Charlton 1966 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Aynan o‘sha yil «Oltin to‘p» sohibiga ham aylangan.
Ser Bobbi Charlton 1958 yil Myunxen aviafojyeasida «Manchester Yunayted»ning tirik qolgan o‘yinchilaridan biri edi.
Charlton «MYu» safida 1956 yildan 1973 yilga qadar to‘p surib, 758 o‘yinda 249ta gol muallifiga aylangan. U manchesterliklar tarkibida 3 karra Angliya chempioni, Angliya kubogi, Yevropa chempionlari kubogi hamda to‘rt marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
15:52 / 21.11.2024
Ruben Amorim - Ronaldu unga qo‘ygan laqab, yangi uslub va «MYu»da nimalarni o‘zgartirmoqchiligi haqida
16:05 / 08.11.2024
«Old Trafford»da «Amorim-bol»: Yangi murabbiy qo‘l ostidagi «MYu» qanday taktik yechimlar taqdim etadi?
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024