Turkmaniston

Bugun Turkmanistonda 500 mingdan ortiq özbek millatdoşlarimiz yaşaydi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2000 yillargaça Turkmanistondagi maktablarda özbek tili öqitilgan. Lekin undan keyin özbek tili va adabiyotini öqitiş bekor qilingan.

Bugun Turkmanistonda 500 mingdan ortiq özbeklarning tili, madaniyatini tarğib qiliş uçun milliy madaniyat markazi ham yöq.

«Xroniki Turkmenistana» gazetasi jurnalisti Botir Seyitquliyevning ta’kidlaşiça, özbek yoşlari pul topiş bahonasi (xorijga çiqib ta’lim oliş taqiqlangan) bilan Rossiya, Turkiya, Ukraina, Belorussiya davlatlari oliy öquv yurtlariga öqişga kirib, öşa yurtlarda qolib ketmoqda.

Qirğiziston

Qirğizistonning özbeklar yaşaydigan viloyatida ijod qiluvçi jurnalist şunday yozadi: «Novqot rayon xalq ta’limi bölimi mudiri örinbosari Abdumutallib Payazovning sözlariga köra, 2012 yilda 7 ta özbek maktabi boşqa ta’lim tiliga özgartirildi. Novqotdagi 109 ta maktabdan 13 tasigina özbek tilida ta’lim berişni davom ettirmoqda, lekin keyinçalik ular ham qirğiz maktablariga aylanadi».

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, özbeklar öz farzandlarining kelajagini öylab ham qirğiz yoki rus maktablariga bermoqda. Rus maktablarida öqiyotgan özbek yoşlarining aksariyati Rossiyaga ketmoqda.

Tojikiston

Tojikiston maorif va fan vazirligi ma’lumotiga köra, 2015-2016 öquv yilida özbek tilida ta’lim olayotgan öquvçilar soni 205 ming 3 nafarni taşkil etgan. Oxirgi ön yillikda esa özbek sinflari soni uç martaga qisqargan. Öquvçilar soni 2011-2012 öquv yilida 299 ming 494 nafarni taşkil etgan bölsa, 2020-2021 yillarda 106 ming 83 nafarga tuşib qolgan.

Qozoğiston

Markaziy Osiyo davlatlari içida özbek tilining örganilişi uçun nisbatan keng imkoniyat berayotgan davlat bu – Qozoğiston.

Qozoğistonda maktablar va darsliklar tayyorlaş masalasi ham yaxşi yölga qöyilgan. Lekin Qozoğistonda ham bir holat ketyaptiki, (bu haqda yaqinda Qozoğiston xalq ta’limi vaziri ham gapirdi) ularda özbek tili va adabiyoti özbek tilida öqitilişi mumkin. Lekin boşqa fanlar qozoq tilida öqitiladi. Bu bir tomondan töğri va ijobiy holat. Çunki har qanday davlat öz tilini himoya qilişi, öz tilining mavqeyini kötarişi kerak. Biz ham mana şu siyosatni öylab körişimiz lozim.