O‘zbekiston | 21:59 / 23.10.2023
4783
2 daqiqa o‘qiladi

Saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan partiya deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanadi

Agar hech qaysi partiya kamida 7 foiz ovozni to‘plamagan bo‘lsa, saylov o‘tmagan, deb topilishi nazarda tutilyapti.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilishicha, loyiha Konstitutsiyaviy islohotlarning uzviy davomi bo‘lib, unda Qonunchilik palatasiga saylovni aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional shaklda o‘tkazish o‘z aksini topmoqda. 

Jumladan, saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan partiya belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanmoqda. 

«Ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgani uning jamoatchilik fikri asosida yanada takomillashtirilishiga, puxta holga kelishiga xizmat qiladi. Masalan, yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan partiya belgilangan tartibda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lishi belgilanmoqda. Agar hech qaysi partiya kamida yetti foiz ovozni to‘plamagan bo‘lsa, saylov o‘tmagan, deb topilishi nazarda tutilyapti», dedi deputat D.Ismoilov. 

Muhokamalarda fraksiya a’zolari mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mohiyati va ahamiyati xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.

Mavzuga oid