Madridda politsiya Ukrainadan olib chiqib ketilgan qimmatbaho buyumlarni musodara qildi
Ispaniya politsiyasi Ukrainadan madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoq tugatilganini e’lon qildi. Musodara qilingan zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

Foto: Ispaniya politsiyasi
Madridda politsiya Ukrainaning tarixiy merosiga tegishli bo‘lgan va mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilgan 11 ta tilla buyumni musodara qildi. Ispaniya politsiyasining 23 oktyabr, dushanba kuni e’lon qilingan press-reliziga ko‘ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 60 million yevrodan oshadi.
Hujjatda aytilishicha, operatsiya davomida besh kishi, jumladan, ikki Ukraina fuqarosi hibsga olingan. «Shu tariqa, Ukrainadan madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqib ketish bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoq yo‘q qilindi», - deya ma’lumot berdi Ispaniya politsiyasi. Unga ko‘ra, zargarlik buyumlari Madridda sotuvga tayyorlab qo‘yilgan bo‘lgan.
Politsiya Madridda yashovchi Ukraina fuqarosi Ukrainadan katta tarixiy va iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan bir qancha tilla taqinchoqlarni sotayotganini aniqlaganidan so‘ng dastlabki tergov boshlandi.
Zargarlik buyumlarining kelib chiqishini yashirish uchun jinoyatchilar ular Ukraina pravoslav cherkoviga aloqadorligini tasdiqlovchi ukrain, ingliz va ispan tillarida soxta hujjatlar bilan birga kelgan. Tergov qilinayotgan asosiy shaxs Madridda yashovchi pravoslav ruhoniydir.
Qadimgi yunon-skif madaniyatining obektlari
Politsiya hisobotiga ko‘ra, birinchi buyum - qo‘chqor boshli oltin kamar 2021 yilda musodara qilingan. Gumonlanuvchi uni ispaniyalik tadbirkorga xususiy ravishda sotishga uringan. Tergov boshlanganidan so‘ng, politsiya erkakning boshqa shunga o‘xshash qimmatbaho buyumlari borligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etilishicha, eradan avvalgi 8-4-asrlarda yunon-skif madaniyatiga oid zargarlik buyumlari Ukrainadan 2016 yilning mayigacha noqonuniy olib chiqib ketilgan. Ular hozir Milliy arxeologiya muzeyi va Ispaniya madaniy meros institutida o‘rganilmoqda. Ularni Ukrainadan noqonuniy olib chiqib ketish va sotishga urinish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:38
-
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 15:34
-
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti
Jahon | 13:54
-
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi
O‘zbekiston | 13:16
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

19:59 / 25.04.2025
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33 / 25.04.2025