Markaziy Osiyoning beşta davlati taşqi işlar vazirlari ilk bor Yevropa Ittifoqining barça 27 davlati vakillari bilan bir vaqtning özida uçraşdi. 23 oktyabr, duşanba kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşi yiğilişidan söng taşqi işlar vazirlari darajasidagi norasmiy uçraşuv bölib ötdi. Uşbu uçraşuv 2024 yilning ikkinçi çoragida Özbekistonda bölib ötadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinçi rasmiy sammitiga tayyorgarlikning bir qismidir, deyiladi yiğiliş yakunlari böyiça qöşma kommyunikeda.

Yevropa Ittifoqi «Markaziy Osiyo mamlakatlariga global muammolarni qöşma imkoniyatlarga aylantiriş uçun hamkorlikni taklif qilişga tayyor», dedi Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça rahbari Jozep Borrel, yevropaliklarning Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik hamkorlikni «yangi bosqiçga kötariş» istagini ta’kidlab. Uning sözlariga köra, Bryussel Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistondagi islohotlarni doimiy qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Yiğiliş iştirokçilari Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiriş böyiça Qöşma yöl xaritasini qabul qildi. Borrelga köra, bu, ayniqsa, Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzi va Afğonistonda «Tolibon» hukmronligi kabi voqealar nuqtai nazaridan muhim. «Bugungi uçraşuv bizni xalqaro munosabatlarning köplab tamoyillari, xususan, BMT Nizomiga rioya qiliş, barça mamlakatlar mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş majburiyatini baham körişimizni tasdiqladi», — dedi u.

Yiğilişda, jumladan, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi jazo çoralari va ularni çetlab ötişga qarşi kuraş muhokama qilindi. «Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni çetlab ötişning oldini oliş muhimligini ta’kidladi va iştirokçilar bu yönalişdagi hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi», deyiladi Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlarining qöşma bayonotida. 

Vazirlar 2024 yilda yana uçraşişga kelişib oldi, Turkmaniston vakili esa navbatdagi uçraşuvni öz mamlakatida ötkazişni taklif qildi. Bungaça, 2024 yilning 29-30 yanvar kunlari Bryusselda yuqori martabali amaldorlar, xalqaro moliya institutlari va biznes vakillari iştirokida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» investitsiya forumi bölib ötadi. Forumdan közlangan maqsad ikki mintaqa örtasidagi transport aloqalarini kengaytiriş va mustahkamlaşdan iborat. 

Sentyabr oyi oxirida Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya sammiti bölib ötdi. 

Yevropa Ittifoqi Qozoğistonni 2022 yil yanvaridagi voqealarni tergov qilişga çaqirdi 

23 oktyabr kuni, şuningdek, Lyuksemburgda Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi rahbari Murat Nurtleu va hozirda Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qilayotgan uning ispaniyalik hamkasbi Xose Manuel Albares Bueno raisligida Yevropa Ittifoqi – Qozoğiston hamkorlik kengaşining 20-yiğilişi bölib ötdi.

Uçraşuv yakunlari böyiça matbuot bayonotiga köra, Xose Manuel Albares Rossiyaga sanksiya qöyilgan tovarlarning reeksport qilinişini töxtatiş va Yevropa Ittifoqining jazo çoralarini çetlab ötişga qarşi kuraşiş böyiça keyingi harakatlar muhimligini ta’kidladi. Vazirlar dezinformatsiya tahdidini ham muhokama qildi. «Yevropa Ittifoqi yana bir bor 2022 yil yanvar voqealari böyiça töliq, şaffof va mustaqil tergov ötkaziş muhimligini ta’kidlaydi», — deya ma’lum qildi Bryussel.

Bundan taşqari, YeI kengaşi vakili davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş zarurligini ta’kidlab, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoraladi hamda Qozoğistonni xalqaro huquq va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni qöllab-quvvatlovçi prinsipial pozitsiyani saqlaşga çaqirdi.

2023 yilda Yevropa Ittifoqi va Qozoğiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning 30 yilligi nişonlanyapti va ular örtasidagi özaro savdo hajmi rekord darajaga yetdi. Qozoğistonning asosiy savdo şerigi va asosiy xorijiy investor sifatida Yevropa Ittifoqi bu mamlakatda modernizatsiya va islohotlar tarafdori, deya bildirdi Bryussel. U Qozoğistonning Yevropa Ittifoqining energetik xavfsizligini ta’minlaşdagi rolini e’tirof etdi va bu mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.