Unga köra, Yevropa Ittifoqi Özbekistonning barqaror rivojlanişini faol qöllab-quvvatlamoqda. Ikkala tomon ham hozirgi geosiyosiy şaroitda alohida ahamiyatga ega bölgan Trans-Kaspiy transport yölagining salohiyatini qanday amalga oşirişni örganmoqda. 2024 yil aprel oyida Özbekiston va YeI örtasida muhim xomaşyo sohasida barqaror qiymat zanjirlarini rivojlantiriş böyiça özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.

"Işonamanki, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlikda ijobiy voqealarga boy böladi hamda Özbekiston va YeI örtasidagi munosabatlarni miqdoriy va sifat jihatidan yanada yuksalişiga xizmat qiladi", dedi Alberto Turkstra.

Uşbu yilda muhim tadbirlar, jumladan Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolanişi, Yevropa komissiyasi va Yevropa kengaşi prezidentlari iştirokida YeI-Markaziy Osiyo yetakçilarining birinçi sammiti, şuningdek, iqlim böyiça Samarqand sammiti bölib ötadi.