Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasida ishtirok etadi
Joriy yilning 23 oktyabr kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Qatar davlati transport vaziri o‘rinbosari Hamad Iso Abdullo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi. Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishda Qatar ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida mazkur loyiha yuzasidan «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ vakillari ishtirokida taqdimot o‘tkazildi.
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Qatar airways aviakompaniyasi tomonidan Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.


Qatar transport vaziri o‘rinbosari Hamad Iso Abdullo mazkur masalada hozirda davlat ichki jarayonlari tugatilayotganini, 2024 yilning mart oyi oxiridan reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
17:46 / 12.07.2026
Qatarning sobiq amiri vafot etdi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
15:39 / 03.07.2026