O‘zbekiston | 09:49 / 26.10.2023
5083
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sakkiz oyda 414 nafar fuqaroda zaharlanish holati qayd etilgan 

O‘zbekistonda 2023 yilning sakkiz oyi davomida 414 nafar fuqaroda zaharlanish holati qayd etilgan. Bu haqda Sanitariya-gigiyena boshqarmasi ovqatlanish gigiyenasi bosh mutaxassisi Abdurahmon Ismailov ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Sakkiz oy davomida 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilib, ularda 414 nafar fuqaro jabrlangan, uch nafari vafot etgan. Jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir. Zaharlanish holatlarining 21 tasi (53,8 foiz) botulizm, 1 tasi MTT (2,5  foiz), 13 tasi (23 foiz) ovqattoksikinfeksiyasi va 1 tasi (2,5 foiz) kimyoviy zaharlanishlarga to‘g‘ri keladi.

21 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelgan botulizm kasalligining 3 tasi — Jizzax, 6 tasi — Samarqand va yana 6 tasi — Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi sabablari tahlil etilganda:

umumiy ovqatlanish obektlari, nodavlat ta’lim muassasalari oshxonalari sanitariya qoida va me’yorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotgani;

oshxonalarning jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan va mavjudlari esa ma’nan eskirgan yoki nosoz holatda ekani;

taom tayyorlash uchun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi;

umumiy ovqatlanish obektlari oshpazlarining ko‘pchiligi soha bo‘yicha o‘qimaganligi, ularning taom tayyorlash texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish qoidalarini bilmasligi aniqlangan.

Mavzuga oid