Adliya vazirligi tomonidan «Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik sohasidagi qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşirişda “Xavfni tahlil qiliş” elektron tizimini joriy etiş tartibi töğrisida»gi nizom davlat röyxatidan ötkazildi. Hujjat 2026 yil 8 iyul kuni 3892-son bilan röyxatga olingan.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunçilik talablari buzilişi ehtimoli avtomatlaştirilgan tarzda baholanadi. Buning uçun davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa qonuniy manbalardagi ma’lumotlardan foydalaniladi.

Hujjatga köra, xavf tahlilini ötkaziş jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjatlar yoki ma’lumotlar talab qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfiga qarab yuqori, örta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori va örta xavf toifasiga kiruvçi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekşiruvlar qonunçilikda belgilangan tartibda ötkaziladi.

Past xavf toifasiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlarida esa sanitariya sohasida tekşiruvlar ötkazilmaydi.

Şu bilan birga, nizomda elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan töğridan-töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun mustaqil asos hisoblanmasligi alohida qayd etilgan.