O‘zbekiston | 10:13 / 27.10.2023
6858
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yerusti halqa metrosida 3 kunga 3 ta bekatda harakat to‘xtatiladi

3-5 noyabr kunlari «Tolariq» (10-bekat), «Xonobod» (11-bekat) va «Quruvchilar» (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz

Toshkent metropoliteni «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan «Turon» (13-bekat) va «Qipchoq» (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining so‘ngi bosqichi amalga oshirilmoqda.

Ushbu yangi bekatlarni yo‘nalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 3-5 noyabr kunlari, 3 kun muddatga, «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishining «Tolariq» (10-bekat), «Xonobod» (11-bekat) va «Quruvchilar» (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Bu kunlarda «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar poyezdlar harakati «Texnopark» (Do‘stlik-2) — «Qiyot» (9-bekat) bekatlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, «Qiyot» (9-bekat) - «Quruvchilar» (12-bekat) bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid