Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX 90 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari kontrabandasiga chek qo‘ydi
Hozirda umumiy og‘irligi 89 kg 699 gr bo‘lgan giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.
Tadbirlar natijasida Tojikiston Respublikasidan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi.
Jumladan, o‘zbek-tojik davlat chegarasining Sariosiyo tumani Chashma qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida 4 dona ryukzakda 39 kg 409 gr «geroin», 35 kg 745 gr «opiy» va 14 kg 545 gr «gashish» moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu umumiy og‘irligi 89 kg 699 gr bo‘lgan giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
08:24 / 13.04.2026
DXX tezkor tadbiri: Qo‘qonga olib ketilayotgan dorilar to‘xtatildi
09:00 / 08.04.2026