Jahon | 08:30 / 29.10.2023
29225
4 daqiqa o‘qiladi

Urushning ikkinchi bosqichi boshlangach G‘azoda nimalar bo‘lmoqda - fotosuratlar

Sektorda internet aloqasi butkul yo‘qolgan.

27 oktyabr kuni TsAHAL Isroil mudofaa armiyasining quruqlikdagi bo‘linmalari G‘azo sektoridagi amaliyotini «kengaytirayotgani» haqida e’lon qildi. Armiya rasmiysi Daniel Hagari G‘azo sektori shimoliy qismida hamon o‘z uylarida qolayotgan aholini anklavning janubiy qismiga o‘tishga chaqirdi. HAMAS harakati Isroil «quruqlikdan, dengizdan va havodan» hujum boshlaganini bildirgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa buni HAMASga qarshi «urushning ikkinchi bosqichi» deb atagan. Isroil armiyasi 28 oktyabrga o‘tar kechasi harbiy-havo kuchlari sektor shimolidagi HAMAS harakatiga aloqador 150 ta yerosti obektlariga zarbalar yo‘llaganini ma’lum qilgan. G‘azo sektori aholisi urush boshlanganidan buyon Isroil tomonidan eng intensiv hujumlar ro‘y berayotganini ma’lum qilgan. 27 oktyabr kuni kechqurundan buyon u yerda internet va boshqa aloqa vositalari yo‘q. «Meduza» so‘nggi bir kun davomida hududda olingan fotosuratlarni to‘pladi.

TsAHAL 28 oktyabrga o‘tar kechasi yo‘llagan aviazarbalardan keyin G‘azo sektori ustida ko‘tarilgan tutun
Ali Jadallah / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Isroil armiyasi Sderotda — bu G‘azo sektori bilan chegaradosh shahar
Mostafa Alkharouf / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Isroil HHK AH-65 Apache vertolyoti Ashkelon shahri yaqinida, G‘azo sektori bilan chegara hududida uchib ketmoqda
Yuri Corteya / AFP / Scanpix / LETA
Isroillik artilleriyachilar G‘azo sektori bilan chegara yaqinidagi Sderot shahrida
Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA
Isroil harbiylari G‘azo sektori bo‘ylab artilleriya zarbalari yo‘llamoqda
Saeed Qaq / imago images / Scanpix / LETA
G‘azo sektorining ko‘rinishi. Fotoda — Isroilning bombalashidan vayron bo‘lgan binolar.
Ilia Yefimovich / dpa / Scanpix / LETA
G‘azo sektori shimolida isroilliklar aviazarbasidan keyin yarador kishini ko‘tarib ketayotgan falastinlik
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
G‘azoning shimoliy qismida vayron bo‘lgan uyni ko‘zdan kechirayotgan falastinlik
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Aviazarbadan halok bo‘lgan ayolning jasadini olib ketayotgan falastinliklar
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
G‘azo sektori janubida yakson etilgan avtomobillar yonidan velosipedda o‘tayotgan yosh yigit
Said Khatib / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridagi Deyr-al-Balax shahri. Falastinliklar yordam ko‘rsatish markazida oziq-ovqat mahsulotlari va birlamchi zarur buyumlarni olishmoqda
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Falastinliklar G‘azo sektori shimolidan kelganlar uchun o‘tin yoqib, ovqat tayyorlamoqda
Said Khatib / AFP / Scanpix / LETA
Isroilning aviazarbalaridan keyin G‘azo sektori ustida ko‘tarilgan tutun
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridan uchirilgan raketalar (tasvir Isroilning anklav bilan chegaradosh janubiy qismidan olingan)
Said Khatib / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid