Jahon | 13:38 / 30.10.2023
10163
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil ikkinchi quvur orqali G‘azoga suv yetkazib berishni tikladi

Endi Falastin eksklaviga har kuni taxminan 28,5 million litr suv yetib boradi.

Foto: Reuters

Isroil G‘azo sektoriga uchta suv quvurining ikkinchisi orqali suv yetkazib berishni tikladi. 

Bu haqda The Times of Israel gazetasi Isroilning Falastin hududlaridagi hukumatlar faoliyati koordinatori (COGAT)ga tayanib xabar berdi

Shanba kuni ikkinchi suv ta’minoti qayta ochildi, dedi u. 

Endi Falastin eksklaviga har kuni taxminan 28,5 million litr suv yetib boradi. Bu 7 oktyabrda mintaqadagi vaziyat keskinlashgunga qadar Isroil tomonidan kuniga 49 million litr yetkazib berilgan suvning yarmidan biroz ko‘proqdir. 

Isroil-Falastin mojarosi 

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid