9 oyda O‘zbekistondan 14 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketdi
O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023 yil yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketganlar soni 14 666 ming kishini tashkil etdi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘ylab ichki migratsiya qilganlar soni 181,1 ming kishiga teng. Shundan 76 ming nafari (42 foizi) erkaklar, 105,1 ming nafari (58 foizi) ayollardir. Ko‘chib ketganlar soni shahar joylarida 124,4 ming kishini, qishloq joylarida 56,7 ming kishini tashkil etdi.
O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi - 11 921 kishi Qozog‘iston (81,3 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Rossiyaga 2248 (15,3 foiz), Qirg‘izistonga 72 (0,5 foiz), Janubiy Koreyaga 71 (0,5 foiz), Turkmanistonga 32 (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlarga 322 kishi (2,2 foiz) ko‘chib ketgan.
Respublika hududi bo‘ylab migratsiya qilganlar yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda 10,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 81,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 8,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ko‘chib ketganlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 168,4 foizga, Navoiy viloyatida 143,7 foizga, Buxoro viloyatida 121,4 foizga, Xorazm viloyatida 115,9 foizga va Toshkent shahrida 115,4 foizga teng bo‘lgan.
Hududlar bo‘yicha ko‘chib ketish koeffitsiyenti eng yuqorisi Toshkent shahrida, nisbatan past darajasi Toshkent viloyatida qayd etilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
11:30 / 31.10.2024