Jahon | 16:29 / 01.11.2023
14909
4 daqiqa o‘qiladi

Donetskdagi yong‘in va Qrimdagi «Yunarmiya». Urush suratlari

Ukrainada urushning 615-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • BMT tekshiruvlari Xarkiv oblastining Groza qishlog‘iga rossiyalik harbiylar tomonidan zarba berilganini tasdiqladi. U yerda 59 kishi halok bo‘lgan.
  • Carlsberg rahbari Yakob Orup-Andersen kompaniya Rossiyadagi aktivlari egallab olinishi qonuniylashtirilishi uchun Rossiya hukumati bilan kelishuv tuzmoqchi emasligini ma’lum qildi.
  • FXX Oleg Tsaryovga suiqasd uyushtirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘shiqchi Yuliya Chicherinani urush propagandasida gumon qilmoqda.
  • Perm o‘lkasi Solikamsk shahridagi porox ishlab chiqarish zavodida portlash ro‘y berdi.
  • Fransiyada «Alfa-Grupp» asoschilaridan biri Aleksey Kuzmichev qo‘lga olindi. U sanksiya rejimini buzishda gumonlanmoqda.
  • Volnovaxada to‘qqiz kishidan iborat oila a’zolari o‘ldirilishida Uzoq Sharqdan bo‘lgan ikki harbiy gumonlanib qo‘lga olindi.
  • Ukraina tarafdori bo‘lgan hakerlar Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi operatori saytini buzib kirishdi.

Kun kadri. Maydandagi urush qurbonlari yodgorligiga kelgan urush faxriysi

Oyoqlari protez qilingan ukrainalik harbiy Kiyevdagi Mustaqillik maydonidagi yodgorlik yonidan o‘tib bormoqda. Halok bo‘lgan har bir harbiy xizmatchi xotirasi uchun bitta bayroq o‘rnatilgan
Sergey Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyachilari 

Ukrain harbiylari Baxmut atrofidagi pozitsiya tomon harakatlanmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina QKning qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimi bilan qurollangan «Kurt va kompaniya» jangovar otryadi oldingi pozitsiyada raketa uchirish qurilmasini joylashtirmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Dron orqali mo‘ljal olayotgan ukrain harbiysi
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan zarba berilishi
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Donetskda yonilg‘i sisternalariga berilgan zarbadan keyingi yong‘in

DXR hukumati 31 oktyabr kuni kechqurun ukrain harbiylari Donetskning Budennov rayonini o‘qqa tutganini xabar qildi — natijada yonilg‘i sisternalari yonib ketgan. Ukraina bu bayonotga munosabat bildirmagan. Tsisternalar yongani haqida Rossiyaning «Izvestiya» gazetasi ham xabar bergan, uning korrespondentlari zarba vaqtida shu yerda bo‘lishgan. Okkupatsiya ostidagi Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Denis Pushilin zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, ulardan biri FVV xodimi bo‘lgani, shuningdek 12 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. «Izvestiya» xabariga ko‘ra, korrespondent Yevgeniy Bikovskiy jarohat olgan — uning ko‘krak sohasiga oskolka parchasi kelib tekkan, jarrohlik amaliyoti zarurati yuzaga kelgan. Shuningdek, jurnalistlar Aleksandr Martemyanov va Aleksey Poltoraninda ham oskolka jarohatlari qayd etilgan, ammo ularning hayoti xavf ostida emas. TASS fotokorrespondenti Dmitriy Yagodkin ham zarba ostida qolgan.

Reuters / Scanpix / LETA

Qrimdagi «Yunarmiya» 

«Yunarmiya» harbiy-vatanparvarlik tashkiloti safiga kirgan qiz «Bo‘lajak komandirlar maktabi» o‘quv dasturi doirasida pnevmatik miltiqdan o‘q otishni o‘rganmoqda. Dastur doirasida dars beruvchi o‘qituvchilar — Rossiya Qora dengiz floti harbiy xizmatchilari hamda Naximov nomidagi maktab kursantlari. «Patriot» parki, Sevastopol
Maks Vetrov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
«Yunarmiya» a’zolari to‘siqlarni ortda qoldirishga tayyorlanmoqda
Maks Vetrov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid