Harbiy xizmatchilar maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi
Qonunning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar hamda ular oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
“Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonunning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar hamda ularning oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasi bilan:
- harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlarning oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarini hamda ularning oila a’zolarini;
- oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ni;
- muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;
- harbiy yig‘inni o‘tayotgan rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarni;
- halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish belgilanmoqda hamda shu kabi boshqa asosiy masalalarni tartibga solish nazarda tutilmoqda.
“Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 4 ta bob, 38 ta moddadan iborat.
Birinchi bobda umumiy qoidalar (qonunning maqsadi, harbiy xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi asosiy prinsiplar, harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari, harbiy xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish kafolatlari) yoritilgan.
Ikkinchi bobda harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklari (harbiy unvon olish va rag‘batlantirilish, erkin harakatlanish, lavozimga tayinlanish va xizmat joyini o‘zgartirish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish, mehnat qilish huquqi, xizmat vaqti va dam olish huquqi, pul ta’minoti huquqi, oziq-ovqat ta’minoti, kiyim-kechak ta’minoti, uy-joy va pensiya ta’minoti, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olish, sug‘urta kafolatlari, boshqa ijtimoiy kafolatlar, ta’lim olish huquqi, transportdan foydalanish, murojaat qilish huquqi, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va jangovar qurolni saqlash, olib yurish, qo‘llash, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalaridan foydalanish, favqulodda holat va favqulodda vaziyat sharoitlarida, jangovar harakatlar va boshqa maxsus operatsiyalar olib borilayotgan davrda harbiy xizmatchilarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar, imtiyozli kredit bilan ta’minlanish huquqi, moddiy yordam olish huquqi, harbiy xizmatdan bo‘shatilganda ishga joylashish huquqi, harbiy xizmatchilar oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi) belgilangan.
Uchinchi bobda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari va javobgarligi (umumiy majburiyatlar, lavozimga oid va maxsus majburiyatlar, harbiy xizmatni o‘tash munosabati bilan harbiy xizmatchilarning ayrim huquqlarini cheklash, harbiy xizmatchilarning javobgarligi) belgilangan.
To‘rtinchi bobda yakunlovchi qoidalar (harbiy xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish, nizolarni hal etish, harbiy xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash, qonunchilikni ushbu qonunga muvofiqlashtirish, qonunning kuchga kirishi) yoritilgan.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
FT: Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilari Ukrainaga 50 ming harbiy yuborishiga umid qilmoqda
Jahon | 17:28
-
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi
Jahon | 17:16
-
Yangi uy-joy xaridida keshbek tizimi joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 17:13
Mavzuga oid
13:15 / 11.01.2025
Jurnalistlar halok bo‘lgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
16:16 / 29.11.2024
«Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonun imzolandi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024