Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar va 2025 yil uçun rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Unda uy-joy qurişda asosiy e’tiborni eskirgan uylar örnida renovatsiya asosida zamonaviy köp qavatli uylarni köpaytirişga qaratiş zarurligi ta’kidlandi. Renovatsiya hisobiga yerdan foydalaniş samaradorligi 4-5 karra oşadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.
Bu borada Jizzax, Marğilon, Qöqon, Şahrisabz, Qarşi şaharlari, Döstlik va poytaxt tumanlarida işlar yaxşi boşlangani qayd etildi. Ularning tajribasini barça hududda ommalaştiriş kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yaşayotgan odamlar buni kutayotgani körsatib ötildi.
Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilişini taşkil qiliş zarurligi qayd etildi.
Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalaştirişga budjetdan 15,5 trillion söm resurs berilmoqda.
Sohada yaşirin iqtisodiyotni yanada qisqartiriş uçun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga özi tölagan mablağining bir qismini keşbek qilib qaytariş böyiça takliflar işlab çiqiş topşirildi.











